16:22 / 06.10.2020
9 969

Yurak baquvvat bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Nemis kardiologi shaxsiy sirlarini ochdi

Yurak baquvvat bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Nemis kardiologi shaxsiy sirlarini ochdi
Foto: «Gazeta.Ru»
Germaniyadagi Sana Hospital Düsseldorf-Benrath bosh shifokori, kardiolog Torsten Dillning aytishicha, yurak-qon tomir kasalliklari bilan bog‘liq aksariyat xunuk oqibatlarning oldini olish mumkin. Qanday qilib? Bunga mutaxassisdan intervyu olgan «Focus.de» aniqlik kiritdi.

Kardiologning aytishicha, yurakning ishemik kasallanishi, yurak yetishmovchiligi va aritmiya (yurak urishining buzilishi) — o‘zaro chambarchas bog‘liq, shuning uchun ham ularga qarshi deyarli bir xil tavsiyalar beriladi.

«Sog‘lom ovqatlanib, jismoniy faollikni to‘xtatmaslik kerak. Jismoniy mashqlarga haftasiga 150-180 daqiqa ajratsangiz kifoya. Ko‘proq piyoda yurish, liftdan emas, zinalardan foydalangan ma’qul — oddiy, ammo samarasi juda zo‘r. Yurak hamda qon tomirlarini muhofazalashda xolesterin miqdori va qon bosimini doimo nazorat qilib turish ham juda muhim. Tamaki chekishni esa butunlay unuting», — dedi kardiolog.

Torsten Dillning o‘zi, ob-havo qanday bo‘lishidan qat’i nazar, haftasiga muntazam uch marta yugurishga chiqadi va kamida 1 soat tinmay chopadi.

«Boshqa hech qanday mashqlar kerakmas, yugurishning o‘zi menga yetadi. Albatta, kunlik ovqatlanish tartibini saqlash: iloji boricha go‘shtni kamaytirib, baliq va sabzavotlarni ko‘proq iste’mol qilish payida bo‘laman», — dedi doktor.

Nemis kardiologining fikricha, yurak kasalliklarining bosh sababi — siqilish. Stressga olib keluvchi sabablar esa kam uxlash yoki yaxshi uxlamaslik, chekish, ko‘p miqdorda shirinliklar yoki alkogol iste’mol qilishdir, deydi Torsten Dill.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yurak baquvvat bo‘lishi uchun nima qilish kerak? Nemis kardiologi shaxsiy sirlarini ochdi