16:55 / 07.10.2020
1 577

Koronavirusning ilk alomatlari kuzatilayotgan bemorlarga bosqichma-bosqich ko‘rsatma

Koronavirusning ilk alomatlari kuzatilayotgan bemorlarga bosqichma-bosqich ko‘rsatma
Foto: «wday.ru»
O‘tkir respirator virusli yuqumli kasalliklar va koronavirus infeksiyasining ko‘payishi, avvalo, ta’til mavsumining tugashi, odamlarning ish joyiga qaytishi va shaharda aholi sonining ko‘payishi bilan bog‘liq. Sabablardan yana biri — ob-havoning o‘zgarishi. Kuz faslida harorat pasayishi tabiiy holat. Shuning uchun tumov, shamollash holatlari ko‘proq kuzatiladi.

Bemorlarga eslatma:

ORVIning dastlabki belgilarida quyidagilarni bajarish kerak:

1. Iloji boricha uyda qolish kerak, ish joyiga bormaslik zarur.
2. Birinchi kuni 38 darajagacha bo‘lgan haroratda tibbiyotning yordami kerak bo‘lmaydi. Albatta, bu yosh bolalar, keksalar, surunkali kasallikka chalinganlar uchun tegishli emas.
3. Ikkinchi kuni isitma holati kuzatilsa, qanday yoshda bo‘lishiga qaramay shifokor chaqirish kerak. Kuchli bronxit yoki pnevmoniyani aniqlash uchun mutaxassis tekshiruvidan o‘tish tavsiya etiladi.
4. 38,5 daraja va undan yuqori haroratda vaqtni o‘tkazmasdan darhol tez yordamga murojaat qilish kerak.

Xavfsizlik choralari
1. Buning uchun bemorga alohida xona ajratilishi zarur. Bunday vaziyatda COVID-19’ning belgilari bor-yo‘qligi muhim emas. Hatto yo‘tal va burun bitishi kuzatilganda ham bemor uchun bir kishi g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi zarur.
2. Xonani kun davomida kamida 4 marotaba shamollatish talab qilinadi.
3. Xonada derazalar ochiq qolmasligi kerak, bu bemorning salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
4. Agar bemor oila a’zolari bilan bir xonada bo‘lsa, barcha birdek tibbiy niqoblardan foydalanishi kerak. Yoki bemor izolyatsiya qilingan bo‘lsa, unga g‘amxo‘rlik qilayotgan odam uchun shaxsiy himoya vositalari zarur.

Infeksiyaga qarshi qanday kurashish kerak?
1. Profilaktikaning asosiy qismi – ijtimoiy masofani saqlash, niqobdan foydalanishni talab etadi, shuningdek, taqilgan niqob burunni yopmasa, u samarasiz hisoblanadi.
2. Yuqtirish asosan aloqa yo‘li bilan bo‘lishi mumkin, shuning uchun qo‘llar gigiyenasi infeksiyaning oldini olishga yordam beradi.
3. Epidemiya davrida ratsionga ahamiyatli bo‘lish muhimdir. Bunday mavsumda parhez qilish yoki och qolish mumkin emas. Ovqatlanishga qarshi cheklovlar xuddi jismoniy mashqlar holdan toydirgani kabi tanani stress holatiga olib keladi.

Har bir inson o‘z vaznini nazorat qilishi – oltin o‘rtalikni topishi kerak. Iste’mol borasida qat’iy cheklovlar va kuchli jismoniy faollik kasallikka chalinish xavfini oshiradi.

Foto: «wday.ru»
Oziqlanish haqida gap ketganda, immunitetni oshiradigan mahsulotlarga e’tiborli bo‘lish joiz. Bunga asal, sitrus mevalar, zanjabil kiradi. Ammo ularning foydali jihatlari ko‘p bo‘lishiga qaramay, bemorlarga qo‘llash kerak bo‘lgan dori o‘rnini bosa olmaydi. Shuning uchun belgilangan davolanish muolajasini rad etish yoki virusga qarshi kurashishda xalq tabobatidan foydalanish biroz xavfli bo‘lishi mumkin.

Ilgari kuzgi gripp uchun aynan hozirgidek kurash olib borilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, epidemiya mavsumi noyabr oyining o‘rtalarida avj olishi kutilmoqda, immunitetni rivojlantirish uchun esa 10-14 kun kerak bo‘ladi. Koronavirus xavf solib turgan paytda grippga qarshi kurash har qachongidan ham muhimroq.

Afsuski, bu COVID-19 bilan kasallanish xavfini kamaytirmaydi, ammo infeksiyadan himoya qiladi. Shuningdek, bir vaqtning o‘zida ham gripp, ham koronavirus bilan kasallanish mumkin. Natijada tanada ulkan ikki yuk paydo bo‘ladi. Bu masala hali to‘liqligicha o‘rganib chiqilmagan, ammo kasallikdan qochishni iloji yo‘q.

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, emlash kerak bo‘lgan yana bir pnevmokokk vaksinasi mavjud. U aynan COVID-19’dan himoya qiladi degan ma’lumot yo‘q, lekin shifokorlarning kuzatuviga ko‘ra, ushbu vaksinani qabul qilgan bemorlar og‘ir pnevmoniya va koronavirus infeksiyasi bilan kasallanmaydi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)