14:07 / 19.10.2020
2 336

Singapurlik ona bolalarini tarbiyalashning yangi usulini o‘ylab topdi va bu boshqa ota-onalarga ham qo‘l keldi

Singapurlik ona bolalarini tarbiyalashning yangi usulini o‘ylab topdi va bu boshqa ota-onalarga ham qo‘l keldi
Foto: AsiaOne
Singapurda yashovchi uch farzandning onasi ularni urishmasdan tarbiya qilishning ajoyib usulini o‘ylab topdi va bu boshqa ota-onalarga ham ma’qul keldi, deb yozadi AsiaOne.

Leza Klenk o‘zining tarbiya metodi haqida Facebook sahifasiga post joylashtirdi. Ayolning ta’kidlashicha, u hech qachon farzandlariga qo‘l ko‘tarmaydi va hattoki ovozini balandlatishni ham yoqtirmaydi. Leza shunchaki jazo va mukofotlar tizimini ishlab chiqdi. Singapurlik ayolning so‘zlariga ko‘ra, qoidaga 9 yoshli farzandi va kattalari ham birdek bo‘ysunishi kerak.

Bolalar esa qilgan tarbiyasizliklari uchun cho‘ntakdagi pullaridan jarima to‘lashi shart. Buning uchun tanga va kupyuralarni «og‘riq banki»ga qo‘yishi kerak bo‘ladi. Agar bola ertalab soat to‘qqizgacha shovqin qilgan bo‘lsa, 6:30 ga qadar kimningdir uyqusini buzsa yoki uy vazifalarini bajarmasa 0,74 dollar pul qo‘yishi kerak. Sochiq joyiga ilinmasa, idish-tovoqlar yuvilmasa, 0,37 dollar jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi. O‘yindan oldin va keyin polga sochilgan har bir buyum uchun 0,07 dollar olinadi.

Oyning oxirida esa oila yaxshi restoran yoki dam olish maskaniga borish uchun bankdan pul sarflaydi.

Bolalar o‘zaro bahslashganda yoki to‘polon qilib, sakrashni boshlaganda Klenk ularni 1-2 soatga ko‘chaga chiqarib yuboradi. Farzandlaridan uy kalitlarini olib, eshiklarni qulflaydi. U shu tarzda bolalarini ortiqcha energiyadan xalos bo‘lishiga ishonadi.

Shuningdek, jiddiy xatolar borasida, masalan, bolalar uy vazifasini bajarmasa, ularning gadjetlari ma’lum muddatga olib qo‘yiladi.

Klenkning ta’kidlashicha, ushbu tizim bolalarning xatti-harakatlari to‘g‘risida o‘zlarini xabardor qiladi. Ehtimol, shu tufayli ular o‘zlarining yomon odatlarini kamaytirishga harakat qilar. Ona boshqalar ham o‘rnak olishni boshlagan «jinoyatlar ro‘yxati»ni uzoq vaqtgacha amalda qo‘llamaslikni tavsiya qiladi. Sababi bolalar ustidan haddan tashqari ko‘p nazorat qilish yaxshilikka olib kelmasligi mumkin.

Foydalanuvchilar ko‘p bolali onaning topqirligiga qoyil qoldi. Ularning yozishicha, ushbu yondashuv bolalarni mas’uliyat, atrofdagilarga hurmat va poklikka o‘rgatadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Singapurlik ona bolalarini tarbiyalashning yangi usulini o‘ylab topdi va bu boshqa ota-onalarga ham qo‘l keldi