12:30 / 07.11.2020
3 368

Inson organizmi haqida 30 fakt

Inson organizmi haqida 30 fakt
Foto: Shutterstock
1. Tananing qon tomirlar bilan ta’minlanmagan yagona qismi ko‘zning shox pardasidir. Shox parda kislorodni to‘g‘ridan to‘g‘ri havodan oladi;
2. Inson boshida turli shakl va nomdagi 29ta suyak mavjud;

3. Mana shu jumlani o‘qib tugatguningizga qadar organizmingizdagi 50 mingdan ortiq hujayra nobud bo‘ladi va taxminan yana shunchasi paydo bo‘ladi;
4. Inson yuragi o‘rtacha umr davomida 180 mln litrdan ortiq qon haydaydi;

5. Homila 3 oyligidayoq barmoq izlariga ega bo‘ladi;
6. Ayollar yuragi erkaklarnikiga nisbatan tezroq uradi;

7. Inson o‘z tushlarining 98 foizdan ortig‘ini unutib yuboradi;
8. Odam organizmidagi qon tomirlarining umumiy uzunligi taxminan 100 ming kilometr;

9. Tanadagi issiqlikning asosiy qismi bosh orqali chiqib ketadi;
10. Tana vazniga nisbatan 1 foiz suv yo‘qotilganda tashnalik yuzaga keladi, 5 foizli taqchillikda hushdan ketish mumkin, 10 foizli kamayish esa o‘limga olib kelishi hech gap emas;

11. Inson organizmidagi mavjud va tashqaridan kiruvchi bakteriyalarning faqat 1 foizigina kasallik chaqiradi;
12. Kindikning fan tilidagi nomi – umbilikus;

13. Dunyo aholisining taxminan 7 foizi chapaqaylardir;
14. Katta yoshli odam organizmidagi bakteriyalarning umumiy vazni 2 kilogramm atrofida;

15. Tish emali inson organizmidagi eng qattiq to‘qimadir;
16. Tumovni chaqiruvchi 100dan ortiq virus ma’lum;

17. Hayoti davomida inson terisi taxminan 100 marta almashadi;
18. Ayollar erkaklarga nisbatan 2 baravar ko‘proq kiprik qoqadilar;

19. Bo‘yi 130 sm.dan past erkaklar va 120 sm.dan past ayollar pakana hisoblanadi;
20. Qo‘llardagi tirnoqlar oyoqlardagiga nisbatan 4 karra tezroq o‘sadi;

21. Bolalar tug‘ilganida tizza qopqoqlari bo‘lmaydi. Ular 2-6 yosh oralig‘ida paydo bo‘ladi;
22. Leykotsitlar o‘rtacha 2-4 kun, eritrotsitlar 3-4 oy yashaydi;

23. Insonning eng kuchli mushagi bu tildir;
24. Inson yuragi kattaligi uning mushtiga teng bo‘ladi. Katta odamning yuragi taxminan 220-260 grammni tashkil qiladi;

25. O‘ng o‘pka chapiga nisbatan ko‘proq havo sig‘diradi;
26. Inson ko‘zlari ranglarning 10 mln.dan ortiq jilosini farqlay oladi;

27. Sog‘lom odam kuniga o‘rtacha 5 marta kuladi;
28. Inson ko‘zlari tug‘ilganidan o‘lguniga qadar bir xil o‘lchamda bo‘ladi. Ammo burun va quloqlar butun umr o‘sadi;

29. O‘rta yoshdagi inson sutkasiga o‘rtacha 500 ml ter ajratadi;
30. O‘rtacha umr davomida inson yuragi 3 300 000 000 marta uradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Inson organizmi haqida 30 fakt