15:25 / 09.11.2020
3 316

Yuqori xolesterin miqdorini tushirishda yordam beruvchi foydali mahsulotlar

Yuqori xolesterin miqdorini tushirishda yordam beruvchi foydali mahsulotlar
Foto: «MedikForum»
Shifokorlar xolesterin miqdorini pasaytirish uchun kundalik ovqatlanishda bir necha qoidalarga rioya qilishni ma’qul deb biladi. Shuningdek, ular tavsiya qilgan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish salomatlik uchun muhim hisoblanadi.

Yuqori xolesterin organizm uchun eng katta muammo hisoblanib, u yurakning ishemik kasalliklari, ayniqsa, yurak xurujini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham mutaxassislar ortiqcha xolesterindan xalos bo‘lish uchun ba’zi mahsulotlarni muntazam iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

Organizmdagi xolesterin miqdorini parhez qilish orqali kamaytirish mumkin. Masalan, ratsionga to‘yingan yog‘ga boy bo‘lgan mahsulotlar o‘rniga foydalilarini kiritish orqali amalga oshirish mumkin.

Shuningdek, mutaxassislar oltin qoida sifatida quyidagi mahsulotlarni iloji boricha ko‘proq iste’mol qilishga buyuradi:

Anjir
Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, har kuni 120 gramm quritilgan anjir mevasini iste’mol qilish umumiy xolesterin miqdorini yaxshilaydi.

Yong‘oqlar
Bodom, pista, yong‘oq xolesterin miqdorini pasaytirishi olim tomonidan isbotlangan. Bundan tashqari, yong‘oq mahsulotlari qon bosimiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Qon tomirlari yallig‘lanishini kamaytiradi va yurak kasalliklari rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Avokado
Tarkibida E vitamini, kaliy, niatsin, to‘yinmagan yog‘ga ega ushbu mevani nonushtada iste’mol qilish ko‘proq foyda beradi. Shuningdek, avokado tarkibidagi yog‘ yurak xastaliklarini oldini olishda samarali hisoblanadi.

Bundan tashqari yuqori xolesterin miqdorini kamaytiruvchi uchta oddiy parhez ko‘rsatmasi mavjud:
- skumbriya, losos, sardina, seld kabi yog‘li baliqlarni haftasiga ikki-uch marotaba iste’mol qilish;
- tozalangan don mahsulotlari va ularning pyuresi o‘rniga grechka, arpa, jigarrang guruch va boshqa dukkaklilarni tanovul qilish;
- tayyor yeguliklar iste’molini to‘xtatish va ularning o‘rniga yong‘oq, pista, meva va sabzavot iste’mol qilish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yuqori xolesterin miqdorini tushirishda yordam beruvchi foydali mahsulotlar