13:31 / 12.11.2020
3 317

Ozishni istaganlar ratsioniga kiritishi mumkin bo‘lgan past kaloriyali shirinliklar

Ozishni istaganlar ratsioniga kiritishi mumkin bo‘lgan past kaloriyali shirinliklar
Shirinlikdan voz kecha olmaydigan, ammo vazn to‘plashni istamaydiganlar uchun retseptlar bilan bo‘lishamiz.

Sabzili pirog

Foto: In Form35.ru
Sabziga yogurt qo‘shib tayyorlanadigan pirog nonushta uchun ayni muddao. Uni tayyorlash uchun sabzini qirg‘ichdan chiqaring. Idishga tuxum chaqing, bir chimdim tuz va shakar qo‘shing.

Foto: In Form35.ru
Vanilin, un va bodom uni hamda «razrixlitel» qo‘shing. Aralashmaga sabzi soling. 45 daqiqa davomida 170 daraja qizigan pechda pishiring.

Yengil hazm bo‘ladigan pirog

Foto: In Form35.ru
Ushbu pirog oson tayyorlanadi. Buning uchun 125 gramm yogurt, tuxum, yog‘ va kraxmal kerak bo‘ladi. Tayyorlash uchun suyuq mahsulotlar: yogurt, tuxum, yog‘ni qo‘shib, sanchqi bilan aralashtiring. Keyin esa shakar, kraxmal, «razrixlitel» va qirg‘ichdan chiqarilgan limon po‘stlog‘ini qo‘shing. Maxsus idishga solib, 45 daqiqa davomida 170 daraja qizigan pechda pishirib oling. Dasturxonga tortishdan avval shakar kukuni bilan bezang.

No‘xat unidan tayyorlanadigan pechene

Foto: In Form35.ru
Ushbu shirinlik yong‘oq va kokos uniga jigarrang shakar, yog‘, limon hamda dolchin qo‘shib tayyorlanadi. Ushbu glyutensiz shirinlik veganlar hamda seliakiya (glyutinni ko‘tara olmaslik) bilan kasallanganlar uchun ham ayni muddao hisoblanadi. Uni tayyorlash uchun no‘xat unini qizigan tovada qovurib olish kerak. Jigarrang shakar, funduk, qirg‘ichdan chiqarilgan limon po‘stlog‘i hamda dolchinni qo‘shib, blenderda aralashtiring.

Aralashmaga suv, kokos uni va yog‘ qo‘shing. Xamirni o‘qlov bilan yoyib, turli shaklda pechenelarni kesib oling. Qandolat qog‘ozi solingan patnis ustiga terib, 10 daqiqa davomida 180 daraja qizigan pechda pishirib oling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ozishni istaganlar ratsioniga kiritishi mumkin bo‘lgan past kaloriyali shirinliklar