Foto: SM News
Pomidor sharbati iste’mol qilgan kishi doim kuchga to‘la va sog‘lom bo‘ladi, degan tavsiyalar juda ham ko‘p uchraydi. Rostan ham tabiiy sharbatlar juda ham foydali, mazali bo‘lishiga qaramay, ushbu sharbat hammaga ham to‘g‘ri kelavermaydi va shu sabab ham uni qaysi vaqt iste’mol qilish kerak emasligi haqida ma’lumotga ega bo‘lish kerak.
Tadqiqotlarda pomidor sharbatining ichki a’zolar faoliyatiga ijobiy ta’sir qilishi aniqlangan. Faqat buning uchun tabiiy va boshqa kimyoviy qo‘shimchalarsiz bo‘lishi kerak.
Pomidor tarkibidagi moddalar hujayralar qarishini sekinlashtiradi, yangilanishiga ta’sir qiladi. Tarkibidagi pektin moddasi organizmni tozalash xususiyatiga ega. Qondagi xolesterinni kamaytiradi.
Sharbat iste’molidan keyin ovqat hazm jarayonini yaxshilaydigan fermentlar ishlab chiqarilishini yaxshilanadi va shu sabab ham ich qotishining oldini oladi. Shunga qaramasdan, me’yorni bilish kerak. Agar kuniga 1 litrdan ko‘p ichilsa, organizmda salbiy o‘zgarish kuzatilishi, buning oqibatida esa kishi holsizlanib qolishi, og‘riq sezilishi mumkin. Me’yoridan ortiq iste’mol qilinsa, foydasidan zarari ko‘p bo‘ladi. Bunday sharbatda shavel kislotasi ko‘p bo‘ladi va shu sababdan ham siydik-tanosil a’zolari kasalliklari bezovta qiladigan kishilarga ehtiyot bo‘lish tavsiya qilinadi.
Oshqozon-ichak yarasi bo‘lgan, kislotasi baland va oshqozon osti bezida yallig‘lanish jarayonida muammolari bo‘lgan va ovqatdan zaharlanganlarga tavsiya qilinmaydi.
Agar bunday muammolar bo‘lmaydigan bo‘lsa, pomidor sharbati vazn tashlashga yordam beradi. 100 gramm ichimlik 20 kilokaloriyani kamaytirishi mumkin, buning uchun tuz va shakar qo‘shmasdan iste’mol qilish kerak. Pomidor sharbatini ovqatdan yarim soat avval iste’mol qilish lozim.
Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga pomidor sharbati umuman man qilinadi. U oshqozon va ichakda muammolar, shishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Homilador ayollarga agar nojo‘ya ko‘rsatma bo‘lmasa, iste’mol qilish orqali kerakli mikroelementlarni o‘zlashtirishga yordam beradi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?