18:30 / 17.11.2020
2 468

Ko‘kat, loviya va yong‘oq. Charchoqdan xalos etish xususiyatiga ega mahsulotlar

Ko‘kat, loviya va yong‘oq. Charchoqdan xalos etish xususiyatiga ega mahsulotlar
Foto: Getty Images
Kundalik turmushda tetiklik va energiyani saqlab qolish mushkul. Ammo tabiiy mahsulotlar charchoq va holsizlikni bartaraf qilishga yordam berishi, kishi o‘zini yaxshi his qilishiga hissa qo‘shishi mumkin.

Banan
Bananda kaliy, magniy, kletchatka, B va C guruhi vitaminlari singari foydali moddalarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, tarkibida charchoq va depressiya bilan kurashishda ahamiyatli bo‘lgan tabiiy shakar bo‘ladi.

Yong‘oq
Sarflangan energiyani qoplash va organizmni tetiklashtirish uchun yong‘oq eng yaxshi variant. Bundan tashqari, yong‘oq tabiiy antioksidant hisoblanadi organizmni yashartiradi va ko‘plab a’zolar faoliyatini yaxshilaydi.

Avokado
Vitamin va mikroelementlar umumlashmasi sabab ham uning iste’molidan keyin miya «uyg‘onib» faolroq ishlaydi. Avokado energiya manbayi sanaladi. Bundan tashqari unda qon aylanishini yaxshilaydigan, qondagi xolesterinni kamaytiradigan foydali omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari bo‘ladi.

Chernika
Ushbu mevaning foydalilik xususiyatlari haqida uzoq gapirish mumkin. Tarkibining boyligi jihatidan u davolovchi preparatlarga qiyoslanadi. Miyada qon aylanishini yaxshilaydi, charchoq va stressni bartaraf etadi.

Loviya
Kletchatkaga boy loviya hazm tizimi faoliyatini yaxshilaydi, organizmni shlaklardan tozalaydi va o‘z navbatida inson o‘zini tetik his qilishiga hissa qo‘shadi. Shuningdek, tarkibiga energiya ishlab chiqarishda muhim rol o‘ynaydigan B1 vitaminini ham oladi.

Barra ko‘katlar
Vitamin va minerallarning koni ekanligidan tashqari ushbu mahsulot antioksidantlik xususiyati bilan ham ahamiyatli hisoblanadi. U organizmni tozalaydi, salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uni salat yoki taomlarga qo‘shib iste’mol qilinsa, kishi o‘zini tetik va kuchga to‘la his qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ko‘kat, loviya va yong‘oq. Charchoqdan xalos etish xususiyatiga ega mahsulotlar