18:34 / 06.12.2020
4 678

Nozik masala: bavosil kasalligini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan 5 odat

Nozik masala: bavosil kasalligini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan 5 odat
Foto: «Domashniy ochag»
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, insonlarning 75 foizi hayoti davomida kamida bir marta bavosil (gemorroy)ni boshdan kechiradi. Albatta, ushbu kasallik qichishish, achishish, qon ketishi kabi alomatlar bilan birgalikda namoyon bo‘ladi. Xo‘sh, ushbu kasallikka uchramaydigan 25 foiz omadli odamlar orasiga qanday qilib qo‘shilish mumkin? Buning uchun zararli odatlardan uzoqroq turish va tanaga g‘amxo‘rlik qilishga harakat qilish lozim.

Og‘ir jismlarni ko‘tarmaslik
Og‘ir jismlarni hatto bir zumga bo‘lsa ham ko‘tarish, masalan, divanning bir tomonini ko‘tarib harakatlantirish – bavosil ehtimolini oshiradi. Qisqa muddatga ko‘tarilgan og‘ir yuk natijasida ichaklarga katta bosim yuklanadi, bu esa tomirlarni qon bilan to‘lishiga va pastga tushishga olib keladi.

Sport bilan juda ko‘p shug‘ullanish
Agar muntazam ravishda kuch-quvvat mashqlari bajarilsa, shuningdek, yuk ortiqchalik qilsa, ichaklarga xuddi yuqoridagi kabi bosim beriladi. Ushbu holat yana qon tomirlarini pastga tomon siljishiga olib keladi.

Uzoq muddat o‘tirish
Ayniqsa, hojatxonada o‘tirganda gazeta o‘qish, smartfonda o‘yin o‘ynash odati tufayli uzoq qolib ketish xavfi bo‘lsa, bavosil kelib chiqishining ehtimoli ortib boradi. Sababi ushbu yerda uzoq vaqt o‘tirish tomirlarga qo‘shimcha yuk keltiradi va ularning joyidan qo‘zg‘alishiga sabab bo‘ladi.

Tolaga boy mahsulotlarni kam iste’mol qilish
Ichaklar to‘g‘ri ishlashi uchun yetarli miqdorda tolaga boy mahsulot iste’mol qilmaslik kasallikni kelib chiqishi uchun yana bir sabab hisoblanadi. Natijada ich qotadi, ichaklarga bosim kuchayadi va bavosil kasalligi yuzaga keladi.

Turmush tarziga bog‘liqlik
Tana vazni ham kasallikning yuzaga kelishi uchun imkoniyat yaratishi mumkin. Chunki ortiqcha vazn ham har bir a’zoga bosim o‘tkazishi shubhasiz. Xavfni kamaytirish uchun jismoniy mashqlarni– haftada kamida 150 daqiqa amalga oshirish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nozik masala: bavosil kasalligini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan 5 odat