13:53 / 07.12.2020
4 998

Mandarin kimlarga taqiqlanadi?

Mandarin kimlarga taqiqlanadi?
Foto: «Ecwid.com»
Mandarinni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish allergiya, semizlik, qandli diabet yoki oshqozon-ichak kasalliklaridan qiynalayotgan bemorlar uchun xavfli. Bu haqda rossiyalik diyetolog Olga Grigoryan ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, mandarin tarkibida fruktoza juda ko‘p. Ushbu meva tez so‘riladigan oddiy uglevodlarning ko‘pligi bo‘yicha yetakchi sanaladi. Shunga qaramay, sitrus meva o‘zining xo‘shbo‘y hidi bilan nerv tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, kayfiyatni ko‘taradi.

Biroq tarkibida qand miqdori ko‘pligi bois ortiqcha vazndan qiynalayotgan odamlar mandarin iste’molini cheklashi yoki butkul voz kechishi lozim. Ular kuniga ikkitagacha mandarin yeyishi mumkin. Bu cheklov bolalarga ham taalluqli.

Allergiklarda sitrus mevalarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish eshakemi, allergik tumov yoki bo‘g‘ilishga sabab bo‘ladi. Oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan qiynalayotganlarning ahvoli yomonlashishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mandarin kimlarga taqiqlanadi?