11:43 / 09.12.2020
4 639

Koronavirusdan keyin quvvatsizlikka qarshi qanday kurashish kerak?

Koronavirusdan keyin quvvatsizlikka qarshi qanday kurashish kerak?
Foto: «B17.ru»
Koronavirusni boshidan o‘tkazgan bemorlarda kuzatiladigan asosiy alomatlardan biri bu surunkali charchoqdir. Ushbu holatdan xalos bo‘lish uchun harakat qilish kerak, deydi Italiya umumiy amaliyot shifokorlari federatsiyasi bosh kotibi Silvestro Skotti.

Shifokorning ta’kidlashicha, o‘zini izolyatsiya qilgan 700 ming bemordan 200 ming nafari koronavirus asoratlarini boshidan o‘tkazadi.
Karantin holatida bo‘lganda ham kun tartibiga o‘rtacha jismoniy yuklamalarni kiritish mumkin, dedi Skotti. Bunday jismoniy tarbiya uchun sport anjomlari ham talab etilmaydi.

Imkon qadar 4-5 ming qadam bosish, zinapoyadan ko‘tarilish (yo‘lda hech kimni uchratmasangiz bo‘lgani), hech bo‘lmasa chorak soat velotrenajyor tepkisini aylantirish lozim. Oddiy mashqlarni bajarish tavsiya etiladi. Eng asosiysi, charchoq hissi paydo bo‘lganda to‘xtab qolmaslik, — deya maslahat berdi shifokor.

Mutaxassisning fikricha, ba’zi hollarda doimiy charchoq hissi psixologik sabablarga ko‘ra kelib chiqishi mumkin. Hol-ahvolga ruhiy tushkunlik, kam harakat turmush tarzi va uyda ishlash ta’sir qiladi. Shunga ko‘ra, Skottining fikricha, koronavirusga chalinganlarning ahvolini va sog‘aygandan keyin holatini kuzatib boradigan dastur ishlab chiqish zarur.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Koronavirusdan keyin quvvatsizlikka qarshi qanday kurashish kerak?