00:23 / 12.12.2020
4 296

Qish ko‘rish qobiliyatiga nimasi bilan xavfli?

Qish ko‘rish qobiliyatiga nimasi bilan xavfli?
Foto: Getty Images
Qishda nafaqat O‘RVI, gripp va boshqa shamollash kasalliklari kuzatilishi, balki ko‘z salomatligi va ko‘rish qobiliyatiga ham ta’sir qilishi hamda bir qancha kasalliklarni avj olishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Ko‘z shamollashining sababi nimada?
Aslida ko‘z shamollashi degan tibbiy termin mavjud emas, aksari hollarda sovuqda avj oladigan asoratlar ko‘z shamollashi deb ataladi. Tibbiyot nuqtai nazaridan esa bu ko‘z yuzasi atrofidagi to‘qimalarning yallig‘lanishi hisoblanadi. Bunga ko‘pincha sovuq mavsumda immunitetning pasayishi hamda organizm zaiflashgani va sovuq urgani sabab bo‘lishi mumkin.

Govmijja
Govmijja — bakteriya sabab kiprik follikulasining yallig‘lanishi. Bunda ko‘zning yuqori qovog‘i chetida og‘riqli shish paydo bo‘ladi. Bir necha kundan keyin yorilib undan yiring chiqishi ba’zi hollarda govmijja bilan birga yuqori harorat kuzatilishi ham mumkin.

Konyuktivit
Konyuktivit — bu ko‘zlarni qoplab turuvchi yupqa pardaning yallig‘lanishi. Yupqa to‘qima ko‘zning nam va toza bo‘lib turishiga yordam beradi. Qizarish, qichishish, yosh oqib turishi, kipriklarda yopishqoq yumaloqchalar va pardachalarning paydo bo‘lishi bilan kechadi.

Miozit
Ko‘z olmasi atrofidagi mushaklarning yallig‘lanishi bilan kechadigan miozit ko‘pincha sovuq urishi va O‘RVI bilan kasallangandan keyin kuzatiladi, ammo asosiy sabab autoimmun jarayon hisoblanadi. Unda ko‘z harakatlanganda og‘riq, diskomfort va shishish ham kuzatilishi mumkin.

Blefarit
Bakteriya keltirib chiqarishi yoki allergiya bois kuzatilishi mumkin bo‘lgan qovoq yallig‘lanishiga qovoq terisi mikroflorasining faollashishi va demodekoz bakteriyasi sabab bo‘lishi mumkin. Bakteriyaning mavjudligi tabiiy bo‘lishiga qaramay, immunitetning pasayishi ularning soni ko‘payishiga olib keladi. Shuningdek, bir vaqtni o‘zida ikki kasallikka xos simptomlar kuzatilishi, ya’ni qovoq hamda shilliq qavat yallig‘lanishi ham mumkin va bu blefarokonyuktivit deb ataladi.

Qolaversa, ko‘zda og‘riq va shunga o‘xshash simptomlar O‘RVI hamda organizmning zaiflashishi sabab kuzatilishi mumkinligi bois ham bunday alomatlar kuzatilganda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Nima qilish kerak?
Simptomlar kuzatilganda ta’kidlanganidek mutaxassis qabuliga yozilish va maslahatlashish kerak. Immunitetni ko‘tarish va organizmning kasallikdan himoya qila olinishi uchun kuch va quvvatga to‘la bo‘lishiga e’tibor qaratish kerak. Mahalliy muolajalar masalan, ko‘zga tomchili dori tomizish bilan yaxshi natijaga erishib bo‘lmaslik mumkin.

Shuningdek, o‘zboshimchalik bilan davolanishga harakat qilmaslik va bilar-bilmas dori vositalaridan foydalanmaslik kerak, aks holda bundan ham jiddiyroq kasallikka olib keladi. Xalq tabobati bilan ham davolash tavsiya qilinmaydi. Sizga kimdir tavsiya qilgan so‘lak, mikroblarni ko‘paytirishi, issiq tuxum esa kasallikni davolash emas uni rivojlanib ketishiga olib kelishi mumkin.

Kasallikni oldini olish uchun immunitetni mustahkamlash, jismoniy faol bo‘lish, toza havodan to‘yib nafas olish, taomnoma va uyquga e’tiborli bo‘lish kerak. Bundan tashqari qo‘shimcha vitaminlar iste’mol qilish va zararli odatlardan ham voz kechish kerak.

Quyoshning ham ko‘z uchun zararli bo‘lishi mumkin. Uning ultrabinafsha nurlari ko‘rishga salbiy ta’sir qilishi bu esa makulodistrofiya, ya’ni ko‘rish qobiliyatining yomonlashishiga olib keladi. Shu sabab ham quyosh nurlaridan himoya qiladigan ko‘zoynak taqish va uni to‘g‘ri va sifatlisini tanlashni bilish kerak.

Shunchaki shishasi qora ko‘zoynak bilan quyosh nurlaridan himoyalanib bo‘lmaydi. Qorong‘ilik ko‘zni «aldaydi» va oqibatda ko‘z qorachig‘i yana ham kattalashib ko‘proq ultrabinafsha nurlarini o‘tkazadi. Shuni inobatga olgan holda ko‘zoynak borasida aksessuar sifatida emas, ko‘z salomatligi uchun muhim bo‘lgan himoya vositasi sifatida tanlov qilish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qish ko‘rish qobiliyatiga nimasi bilan xavfli?