07:00 / 15.12.2020
3 481

Sirli dushman: Nima uchun tish kovlagichdan foydalanmaslik kerak?

Sirli dushman: Nima uchun tish kovlagichdan foydalanmaslik kerak?
Foto: Freepik
Go‘shtli taom yoki yumshoq meva yeganingizdan keyin tish orasida qoldiqlar qolib ketadigan bo‘lsa, tish kovlagichdan foydalanishga shoshilmang. Ushbu kichik vosita siz o‘ylaganingizdan ham ko‘proq zarar yetkazishi mumkin.

Tish kovlagich nimaga kerak?
Aslida tish kovlagichdan foydalanishga hojat yo‘q. Chunki ovqat qoldiqlarini tishni yuvish orqali tozalab tashlash kerak, ammo tish orasi yoki ichiga kirib qoladigan bo‘lsa va yuvganda ham chiqmasa, unda stomatologga murojaat qilish kerak. Chunki bu yosh o‘tishiga aloqador tishdagi o‘zgarish, orasining ochilib qolishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Qolaversa, buning sababi sifatsiz yoki eskirgan plomba bo‘lishi, u yemirilib ichiga ovqat qoldig‘i kirib qolgan bo‘lish ehtimoli ham yo‘q emas. Agar kirib qolgan qoldiq og‘riqni sezishingizga sabab bo‘lsa, noqulaylik keltirib chiqarsa, yaxshisi mutaxassisga uchragan yaxshi.

Tishdagi periodontal «cho‘ntak» va kariyes
Tish ichi yoki orasiga kirib qolgan qoldiqni tish kovlagichda tozalayman, deb milkka zarar yetkazishingiz va muammoning yana ham jiddiylashishiga olib kelishingiz mumkin. Chunki taom qoldig‘i yana ham ichkariroq kirishi yoki qadalib qolib, yallig‘lanishi va milk og‘rishi mumkin.

Milk yallig‘lanishi esa periodontal «cho‘ntak» uchun yo‘llanma hisoblanadi, buning oqibati esa tishsiz qolish bilan tugashi mumkin. Bunda nafaqat yallig‘lanish o‘chog‘i bo‘lgan tish, balki uning yonidagi tishlar ham zararlanishi mumkin. Shuningdek, qolib ketgan ovqat qoldiqlari bakteriyalar uchun ozuqa manbasi bo‘ladi va periodontal «cho‘ntak»dan tashqari kariyes paydo bo‘lish xavfi ham yuqori bo‘ladi.

Stomatit va milk qonashi
Milk qonashi uchun ikki tarafi ham qirrali tish kovlagichni to‘satdan tegib ketishi kifoya. Bu holatning ishxona, restoranda yuz berishidan yoqimsizroq narsa bo‘lmaydi. Bundan ham yomoni birgina tilib yuborish, milkda og‘riqli va yoqimsiz yara — aftoz stomatit paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tish ichiga tish kovlagichning ma’lum qismi tiqilib qolishi mumkin
Taxta va plastiklardan tayyorlangan tish kovlagichlardan foydalanish davomida sinib ketishi va uning bir qismi periodantal «cho‘ntak» ichida qolib ketishi mumkin. Plastikdan tayyorlanganlari taxtadan tayyorlanganidan xavfliroq bo‘ladi. Chunki taxtali tish kovlagich og‘iz chayilganda suyuqlik bilan birga chiqib ketishi sabab ham milkni unchalik yomon shikastlamasligi mumkin. Plastikda esa hammasi boshqacharoq, u sinib qolib ketadigan bo‘lsa, faqatgina stomatolog yordam bera olishi mumkin.

Foydalanmaslikning iloji bo‘lmasa, nima qilish kerak?
Ko‘p martalik cho‘tkali tish kovlagichdan foydalaning. Bunday tish kovlagich ovqat qoldig‘ini yaxshi tozalaydi va cho‘tkasi yumshoq bo‘lgani uchun milk shikastlanmaydi, qolaversa, sinib tish orasida qolmaslik bilan birga tish yuzasini tozalash uchun ham foydalansa bo‘ladi. G‘ilof ichida sotiladigan bunday tish kovlagichlar iliq suvda tez yuviladi. Ularni diametriga qarab istalganini tanlab olish mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)