17:30 / 15.12.2020
5 276

Asabiylik, vazn ortishi: Organizmga magniy yetishmasligining 9 alomati

Asabiylik, vazn ortishi: Organizmga magniy yetishmasligining 9 alomati
Foto: Freepik
Ayollar uchun 300 mg magniy sutkalik me’yor hisoblanadi. Organizm, salomatlik uchun muhim bo‘lgan ushbu moddaning yetishmaganidan darak beradigan alomatlar haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Asabiylashish
Sal narsaga ham asabiylashish va kutishga toqat bo‘lmasligi magniy yetishmasligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki asab tizimining to‘g‘ri ishlashida ushbu moddaning ahamiyati katta.

Stress
Doimiy va kuchli ravishda xavotirlanish, salbiy kechinmalarni his qilinganda, qondagi adrenalin miqdori ortadi, buyrak usti bezlaridan stress gormoni kortizol ko‘p miqdorda ajralib chiqadi. Magniy esa bu borada yordam bera oladi.

Tunda tomir tortishishi
Magniy yetishmaganda kechasi boldir mushaklarining tortishi, oyoqda og‘irlik his qilinishi mumkin. Magniy, kalsiy almashinuvida ishtirok etadi va organizmda qancha kam bo‘lsa, shuncha tomir tortishish kabi holatlar ko‘p bo‘lishi mumkin.

Tiniqib uxlamaslik
Organizmga uyqu yetishmaganda kishi uxlashga ham ertalab uyg‘onishga ham qiynaladi. Uyqusizlik, asab tizimiga magniyning yetishmayotganidan darak beruvchi yaqqol simptomlardan sanaladi.

Yurakning tez urishi
Aritmiya, yurak urishing boshqacharoq tuyilishi magniy defitsitidan dalolat beradi. Magniy hujayralarda natriy va kalsiy balansini me’yorda bo‘lishiga yordam beradi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri yurak qon-tomir tizimiga ta’sir qiladi.

Spirtli ichimlik
Haftasiga uch martadan ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qiladiganlarda magniy kamayishi xavfi yuqori bo‘lgan kishilar hisoblanadi. Vino, pivo va kokteyllar peshob haydovchi xususiyatga ega, magniy esa suyuqlik bilan birga organizmdan tez chiqib ketishi mumkin.

Qahva va bulochka
Uglevod almashinuvida muhim rol o‘ynaydigan magniy, glyukoza miqdorini nazorat qiladi. Qahva ichish va bulochka singari shirinlik iste’mol qilishni yoqtiradiganlarda magniy kamayish xavfi ikki marta yuqori. Peshob haydovchi qahva va uglevodlar magniyning organizmdan tez chiqib ketishining garovi.

Ortiqcha vazn
Organizmga kaliy va magniy yetishmaganda moddalar almashinuvi buziladi. Oqsil, yog‘ va uglevodlar organizmga to‘g‘ri singmaydi, metabolizm sekinlashadi.

Terining oqarishi
Magniy qon aylanishining me’yorda bo‘lishi uchun ahamiyatli sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Asabiylik, vazn ortishi: Organizmga magniy yetishmasligining 9 alomati