Foto: Freepik
Nonushta salomatlik, qomat va kayfiyat qanday bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Uyqudan turgandan keyin to‘g‘ri qilingan nonushta qondagi qand miqdori, qon bosimi va xolesterinni me’yorda bo‘lishini ta’minlaydi, metabolizmni yaxshilaydi va tushlikka qadar qorinni to‘q tutadi. Ammo zararli va noto‘g‘ri tanlangan mahsulotlardan tayyorlangan nonushta teskari ta’sir qilishi, hatto jiddiy oqibatlarga olib kelishi ham mumkin.
Qayta ishlangan yormalardan tayyorlangan bo‘tqa
Suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa foydaliligi jihatidan nonushtalar orasida chempion ekaniga shubha yo‘q. Ammo salomatlik uchun butun va yuqori darajada ishlov berilmagani hamda tarkibida kletchatkalari ko‘p bo‘lganigina foydali hisoblanadi. Agar 100 gramm suli yormasida kletchatka 3 grammdan kam bo‘ladigan bo‘lsa, bunday o‘ramli yormani xarid qilmang, unda kaloriya ko‘p bo‘ladi.
Vafli va tostlar
Murabbo, asal yoki qaymoqni tost ustiga qo‘yib yeyish kunni uglevod va shakardan boshlashdan boshqa narsa emas. Qolaversa, bunday tanovuldan keyin qondagi qand miqdori darhol ko‘tariladi va buning hisobiga 1 soat o‘tar-o‘tmas qorningiz yana ochadi.
Batonchalar
Batonchalarni o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlamagan bo‘lsangiz, uning iste’molidan tiyilganingiz yaxshi. Donli yoki boshoqli mahsulotlardan tayyorlangan bunday batonchalarga aksari hollarda sirop va shokoladli glazur qo‘shilgan bo‘ladi. Natijada esa siz foydali mahsulot o‘rniga uglevod va shakarlarning konini iste’mol qilishga muvaffaq bo‘lasiz.
Yog‘siz yogurt
Tarkibida kalsiy va shakar yo‘q bo‘lgan yogurt aslida nonushta uchun eng yaxshi variant. Ammo buning uchun u yog‘li sutdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Sut yog‘i ham foydali hisoblanadi va qanchalik ajablanarli bo‘lmasin, ozishga yordam beradi. Shu sabab ham tongni yog‘li yogurt bilan boshlash va unga barra meva va yong‘oq qo‘shib tanovul qilish tavsiya qilinadi.
Bir finjon qahva
Siropli, sut va shakarli qahva nonushta o‘rnini bosa olmaydi. Bu qon bosimi, qondagi qand miqdori o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar siz qahvadan umuman voz kecha olmaydigan bo‘lsangiz, hech bo‘lmaganda och qoringa va nonushta o‘rniga iste’mol qilishdan tiyiling.
Ponchiklar
Qovurilib tayyorlanadigan ponchiklar uglevod, shakar va transyog‘larning koni bo‘ladi va uni ertalabdan iste’mol qilish salomatlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmasligi aniq. Onda-sonda yeb turishingiz mumkin, ammo har kuni yoki kunni birinchi qismini u bilan boshlashga o‘rganmang.
Sosiska va kolbasa
Tonggi tanovul uchun tuxum qovurish yaxshi, lekin unga kolbasa yoki sosiska qo‘shib yeyish emas. Chunki qayta ishlangan go‘sht mahsulotlari xavfli kanserogenlar hisoblanadi va bu JSST tomonidan ham rasman e’lon qilingan. Har gal bu kabi mahsulotlarni iste’mol qilganingizda sizda oshqozon yoki ichak saratoni xavfi ortishi mumkin. Yaxshisi tuxumni pishloq va sabzavotlar qo‘shib tayyorlang. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Qovoq urug‘ining salomatlik uchun qanday foydali xususiyatlari bor?

Koronavirus, ORVI va grippning oldini olish uchun oddiy, ammo hamma bilishi kerak bo‘lgan 11 tavsiya

Yurak salomatligi uchun iste’mol qilishdan voz kechish tavsiya qilinadigan 5 mahsulot

Olimlar uyquga to‘ymaslik yana qanday oqibatlarga olib kelishini aniqlashdi

Har kuni boshni yuvish qanday oqibatlarga olib keladi?

Salomatlik uchun eng zararli uchta mahsulotni bilasizmi?