07:40 / 28.12.2020
2 449

Tunda ovqatlanish organizmga qanday ta’sir qiladi?

Tunda ovqatlanish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Foto: Freepik
Ba’zi hollarda kechasi ovqatlanishni istash mumkin va buning boisi turli sabablar bilan bog‘liq bo‘ladi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak va organizmda qanday o‘zgarishlar yuz berishi haqida parhezshunos Oleg Irishkin ma’lumot berib o‘tadi.

Nima uchun ayniqsa, kechasi qornimiz haddan ortiq ochadi?

Bunga uch sabab bo‘lishi mumkin:
- fiziologik sabab yoki soddaroq qilib tushuntirilganda kun davomida ovqat yemaslik;
- yashirin ochlik hissi. Kun davomida balansda bo‘lmagan ovqatlanish sabab organizmga oziqa moddalari yetishmaydi;
- stressdan keyingi psixologik holat sabab.

Tunda ovqatlanish organizmga qanday ta’sir qiladi?
Odatda kechasi odam uxlagani sabab ham organizm kechasi tinch holatda bo‘ladi. To‘satdan taom, shirinlik yoki boshqa bir mahsulot iste’mol qilinganda esa organizm «gangib qoladi». Bu vaqtda dam olib o‘rgangan ichaklar bor kuchi bilan harakat qilishi, ammo katta miqdordagi taomni hazm qilishga qiynalishi mumkin. Hazm bo‘lmagan ovqat esa ingichka ichak devorlarida so‘rilmasligi, yo‘g‘on ichaklardagi patogen mikroflora ta’sirida esa toksinlar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunda organizm qiynaladi, shuningdek, tunda uglevodlarning ortishi insulin ishlab chiqarilishiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Buning oqibatida jigardagi yog‘ hujayralari zararlanadi va bu organizmda yog‘ to‘planishiga sabab bo‘ladi.

Kechasi ortiqcha ovqatlanmaslik uchun nima qilish kerak?
- Buning uchun kun davomida 5 marta kam-kamdan balansli ovqatlaning.
- Ratsioningiz turli-tuman taomlardan iborat bo‘lsin, oqsil, yog‘, uglevodlar va makro-mikroelementlar me’yorida bo‘lishiga e’tibor qarating.
- Stressni bartaraf etish uchun boshqa usullarni sinab ko‘ring. Masalan, qo‘shiq eshitib sayr qiling, sport, yoga bilan shug‘ullaning, motivatsion video yoki film tomosha qiling.

Qanday vaziyatda kechasi ovqatlanish mumkin?
Isroillik olimlar bundan bir necha yillar avval o‘tkazgan tadqiqotlarida soat kechki 8 dan keyin kechki ovqat iste’mol qiladigan kishilar yaxshilab nonushta qiladigan, ammo kechki soat 6 dan keyin ovqatlanmaydiganlarga nisbatan tez vazn tashlashi aniqlagan. Uyqudan avval ovqatlanadigan kishilar aksari hollarda nonushta qilmaydi va kun davomida ham yaxshi ovqatlanmaydi. Ammo tungi kaloriyali ovqat kun davomida sizni energiya bilan ta’minlay olmaydi. Nonushta qilishga ulgurmasangiz, kechki ovqatni ham kechroq qilishingiz mumkin, ammo bu vaqtda insulin miqdori oshib ketmasligi va tinch uxlash uchun tez so‘riladigan oqsillarga boy mahsulotlarni iste’mol qilish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tunda ovqatlanish organizmga qanday ta’sir qiladi?