19:00 / 31.12.2020
2 607

Bolaning Qorbobo haqidagi savollariga javob berishning 4 usuli

Bolaning Qorbobo haqidagi savollariga javob berishning 4 usuli
Foto: Freepik
Bir kuni maktab yoki bog‘chadan kelgan bolangiz sizga Qorbobo rostan ham bor yoki yo‘qligi haqida savol berishi mumkin. Bunday vaqtda ota-ona qanday yo‘l tutishi, bolaning mo‘’jizaga erta ishonmay qo‘yishining oldini olish uchun nima deb javob berishi kerakligi muhim sanaladi.

Shoshilmang
Bolalik tasavvurning chegarasi bo‘lmaydigan, ertak va mo‘’jizalarni reallik deb qabul qilish mumkin bo‘lgan davr hisoblanadi. Bolangiz Qorbobo haqida o‘zi savol bermaguncha bu haqida gap ochishga shoshilmang. Farzandingiz mo‘’jizani his qilib yashashiga qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha imkon bering. Bolalar mo‘’jizalarga shubha qilishni boshlasa, qiziquvchanlik bilan savollar berishni boshlaydi. Bunday vaziyatda yolg‘on gapirmaganingiz yaxshi. Ammo siz bolangizni mo‘’jizalarga ishonmay qo‘yishiga erta deb hisoblasangiz, unda quyida nima qilish haqida aytib o‘tamiz.

Samimiy bo‘ling
Agar bolangiz nima uchun ko‘chada bir emas, 10 nafar Qorbobo uchradi, deb savol bersa ahmoqona bahona topishga urinmang. Buning o‘rniga bolangizga ular Qorbobo libosini kiygan oddiy odamlar ekani, Yangi yil shukuhi va kayfiyati bilan bo‘lishish uchun shunday yasanib olganini ta’kidlang. Odamlar o‘zi bayram tashkil qilishi mumkinligi, yaxshilik qilishi va boshqalar kayfiyati ko‘tarilishiga sababchi bo‘lishi mumkinligi, bu esa g‘oyat ijobiy xislat ekanligini tushuntiring.

Hafsalasini pir qilmang
Bolangizga Qorbobo yosh bolalarni ishontirish uchun o‘ylab topilgan obraz ekanligini aytadiganlarga qanday javob berishni o‘rgating. Agar sen Qorboboga ishonadigan bo‘lsang, u ham senga ishonadi, qabilida javob bersin. Bolangiz Yangi yil archasi tagiga Qorbobo emas, ota-onasi sovg‘a qo‘yishi mumkinligini bilib qolib, og‘riqli qabul qiladigan bo‘lsa, buni muhim emas, deb hisoblamasdan jiddiy o‘tirib gaplashib oling. «Biz uyda mo‘’jizaviy muhit yaratish, bayramni qiziqarli va quvnoq o‘tishi, barchaning kayfiyati ko‘tarilishi uchun Qorboboning ishini bajaryapmiz», — deb javob bering. Bolangizni o‘z o‘y-xayollari, tashvishlari bilan yolg‘iz qo‘yib qo‘ymang. U bilan gaplashishga, tushuntirishga harakat qiling.

Ramziy ma’noni tushuntirib bering
Bolangizga nima bo‘lgan taqdirda ham Qorbobo Yangi yil ramzi ekanini tushuntirib bering. U yo‘q bo‘lgan taqdirda ham bu bayramni boshqacha qabul qilishga turtki bo‘lmasligi kerak. Bola sovg‘ani ota-ona berishini bilishi mumkin, lekin shunday bo‘lganda ham ularning aksariyatiga Qorbobo senga sovg‘a berib yubordi degan so‘zni eshitish yoqimli bo‘ladi. Bolaga Qorbobo shunchaki ertak qahramoni va to‘qima obraz ekanini tushuntirib berishning universal retsepti yo‘q. Har bir bola uning qarashlari, oilaviy muhit va xohishlar bir-biriga o‘xshamaydi, o‘ziga xos bo‘ladi. Shundan kelib chiqib strategiya tanlang va nima deb javob berishni o‘ylab ko‘ring.

Jajji bolakay Qorboboni o‘rmondan kelgan, mehribon bobo deb o‘ylagani yaxshi. Lekin kattaroq bolalar uchun oppoq soqolli, qalpoq va libos ortiga yashiringan oila a’zosi kim ekanligini topadigan o‘yinga xos vaziyat tashkil qiling. Maksimal darajada to‘g‘ri javob bering. Ushbu usul farzandlari Qorbobo borligiga qattiq shubhalanganlar uchun qo‘l keladi. To‘g‘ri javob berish ba’zi vaqtda eng yaxshi variant hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bolaning Qorbobo haqidagi savollariga javob berishning 4 usuli