08:14 / 04.01.2021
4 716

Minimal kaloriya – maksimal foyda: nega keshyu yong‘oqlari ratsionga kiritilishi kerak?

Minimal kaloriya – maksimal foyda: nega keshyu yong‘oqlari ratsionga kiritilishi kerak?
Foto: Harper’s Bazaar
Keshyuning vatani Braziliya bo‘lib, ularni bilmagan, tatib ko‘rmagan inson bo‘lmasa kerak. Bu kabi yong‘oqning tarkibi shunchalar foydaga boyki, u inson tanasining barcha tizimlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda yana bir qancha qiziqarli ma’lumotlarni Harper’s Bazaar jurnali taqdim etadi.

Shuningdek, keshyu tarkibida omega-3, omage-6 va omega-9 yog‘ kislotasi mavjud. Ular antioksidantlar bilan birgalikda tanani erkin radikallar zararlashidan himoya qiladi, yallig‘lanishni to‘xtatadi, qarish jarayonini sekinlashtiradi. Terini oziqlantirib, ultrabinafsha nurlarining zararli ta’siridan himoya qiladi. Yong‘oq misga ham boy bo‘lib, terining sifatini yaxshilashga yordam beradi va unga tabiiy go‘zallik baxsh etadi.

Unchalik ko‘p miqdorda bo‘lmagan keshyu magniyning kunlik qiymatining 70 foizini o‘z ichiga oladi. Bu yurak, asab va mushak tizimlarining to‘g‘ri ishlashi uchun zarur hisoblanadi. Tanadagi magniy yetishmovchiligi surunkali charchoqqa, sustlikka, qon bosimining ko‘tarilishiga va hatto tomir tortishishiga olib kelishi ham mumkin.

Keshyu yong‘og‘ini muntazam iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Yong‘oq tarkibidagi yog‘ kislotalari va minerallar yurak mushaklari va qon tomir devorlarini kuchaytiradi. Xolesterin miqdori oshishining oldini oladi.

Shuningdek, hamisha bir xil vaznda turishni istovchilar uchun mutaxassislar parhezga keshyu yong‘og‘i qo‘shishni tavsiya etadi. Birinchidan, yong‘oq tarkibida oqsil mavjud, ikkinchidan, u past kaloriyali yong‘oqning eng yaxshi uchtaligiga kiradi. Eng foydali jihati shundaki, mazali bo‘lishiga qaramay, u qand miqdorining oshishga olib kelmaydi, uzoq vaqt ochlikni qondirishi va ovqatlanishni kamaytirgani uchun ham ushbu yong‘oqlar vazn tashlashda samarali vosita hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Minimal kaloriya – maksimal foyda: nega keshyu yong‘oqlari ratsionga kiritilishi kerak?