21:21 / 07.01.2021
3 478

Qatiqning organizmga foydasi va undan tayyorlash mumkin bo‘lgan 4 kokteyl

Qatiqning organizmga foydasi va undan tayyorlash mumkin bo‘lgan 4 kokteyl
Foto: Freepik
Qatiq nafaqat hazm jarayoni, balki asab tizimi uchun ham foydali hisoblanish bilan birga kishini tetiklashtirish xususiyatiga ham ega hisoblanadi.

Unga boshqa foydali mahsulotlarni qo‘shish orqali yanada ko‘proq samaraga ega bo‘lish mumkin. Quyidagi tavsiya asosida kokteyl tayyorlab ichish esa tinchlanish hamda kishi o‘zini g‘ayratga to‘la his qilishiga yordam beradi.

1. Bir stakan qatiqqa, 1 choy qoshiq asal, 2 dona yong‘oq, mayiz hamda mayda quritilgan o‘rik qo‘shing.
2. Yo bo‘lmasa 1 stakan kefirga 2 osh qoshiq lavlagi sharbati, 1 choy qoshiq na’matak va 1 dona limon sharbatini qo‘shib aralashtiring.
3. Yarim stakan kefirga, 1 choy qoshiq asal va bir chimdim dolchin qo‘shib ham kokteyl tayyorlash mumkin.
4. Bir stakan kefirga 2 osh qoshiq barra yoki muzlatilgan klyukva (qizil nordon meva) hamda shakar qo‘shib tayyorlanadigan kokteyl ham yana bir variant.
Tayyorlangan kokteyllarni tongda och qoringa yoki tunda uyqudan avval iste’mlol qilish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qatiqning organizmga foydasi va undan tayyorlash mumkin bo‘lgan 4 kokteyl