23:33 / 07.01.2021
1 915

Yangi yilda inson o‘zini yanada baxtli his qilishi uchun yordam beradigan 7 odat

Yangi yilda inson o‘zini yanada baxtli his qilishi uchun yordam beradigan 7 odat
Foto: «Domashniy ochag»
Baxtni so‘z bilan ta’riflash qiyin, ammo uni his etish va anglash mumkin. Bundan tashqari, baxt har bir insonning orzu-istaklarida yashaydi. Olimlar insoniyat orasida mavjud baxtning darajasini oshiradigan kundalik faoliyat va odatlar ro‘yxatini aniqladi va bu ilmiy jihatdan ham o‘z tasdig‘ini topdi. Baxtni yaratish, uning ko‘lamini kengaytirish har bir insonning kundalik odatlariga bog‘liq bo‘lib qolar ekan, demak, siz ham undan xabardor bo‘ling.

Sport bilan shug‘ullanish
Doimiy ravishda kamida haftasiga 2,5 soat jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanadigan odamlar kam faol hayot tarziga ega insonlarga qaraganda 50 foizga o‘zini ko‘proq baxtli his qiladi. Sport nafaqat endorfin ishlab chiqarishga yordam beradi, balki yangi do‘stlar orttirishga, ko‘proq muloqot qilish, shuningdek, ochiq havoda ko‘proq vaqt o‘tkazish imkonini ham beradi. Shunday qilib, yangi yildan sport zaliga a’zo bo‘lish vaqti keldi.

Konsert dasturlariga borish
Goldsmis kolleji tadqiqotchilari konsert dasturlarga tashrif buyurish kayfiyatni yoga, hattoki meditatsiyadan 20 foiz ko‘proq yaxshilaydi, deb hisoblaydi. Jonli musiqa – bu baxtni his qilishning ajoyib usuli bo‘lib, uni muntazam tinglash hayot farovonligini va jismoniy chidamlilikni sezilarli darajada oshirishi mumkin. Ehtimol, hozir sevimli san’atkorning konsertiga yoki operaga chipta buyurtma qilishning ayni vaqtidir.

Musiqiy asboblar chalish
Musiqiy asboblarni chala olish yurak urishini me’yorlashtiradi. Qon bosimini pasaytiradi va yaxshi tasalli beruvchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Shuningdek, ijodkorlik va yangilik yaratishga imkon beradi. Umuman olganda, xotirjam va baxtli bo‘lish uchun kuy chalish samarali vosita hisoblanadi.

Dengiz bo‘yida ta’til
Dengiz bo‘yida yashash baxt darajasini oshiradi. Bu olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasidan ayon bo‘ldi. Ammo hammasidan voz kechib, dengiz bo‘yida yashashga imkon bo‘lmasa, hech bo‘lmaganda ta’tilni u yerda o‘tkazish tavsiya etiladi.

Tartibga rioya qilish
Kundalik tozalash ishlari hech kimni unchalik ham baxtli qila olmasligi mumkin. Ammo Berkli universiteti olimlarining ta’kidlashicha, uylarni tartibga solish yoki saranjom qilish stress darajasini pasaytiradi, baxt miqdorini oshiradi va depressiya xavfini kamaytiradi. Yil davomida ikki marotaba juda katta tozalash ishlarini olib borish nafaqat charchashning, balki baxtni his qilishning yaxshi usuli hisoblanadi.

Yolg‘iz vaqt o‘tkazish
Kuniga kamida yarim soat yolg‘iz qolish – bu psixologik salomatlik va qulaylikni saqlashga imkon beradigan zarur holat. Bugungi tezkor va stressli dunyoda kunlik me’yorni, albatta, ushbu yilda topishga urinish kerak.

Suratga tushish
Suratga tushish uchun, tabiiyki, tabassum qilish kerak. Kaliforniya universiteti tadqiqotchilari shuni aniqladiki, tabassum qilib tushgan suratlar ishonch va baxtni his etishga yordam beradi. Shuning uchun tez-tez tabassum qilib suratga tushish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yangi yilda inson o‘zini yanada baxtli his qilishi uchun yordam beradigan 7 odat