15:34 / 12.01.2021
2 235

Osteopatdan maslahat: ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 15 ta mashq

Osteopatdan maslahat: ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 15 ta mashq
Foto: «e-lupa.ru»
Texnologiya asrida kompyuter, noutbuk yoki smartfonsiz yashashning hamda ishlashning iloji yo‘q. Ushbu qurilmalar inson hayotidan shu qadar o‘rin oldiki, hech kim ulardan uzog‘i bilan bir soat davomida foydalanish kerakligi haqidagi tavsiyani esga ham olmaydi. Shuning uchun ham ko‘rish qobiliyatini qanday qilib saqlash va buning uchun nimlarga ahamiyat berish kerakligini bilib olish zarur.

Sayyoradagi har qanday jonzotning ko‘zi aks etgan tasvirni ko‘rish uchun yaratilgan. Vizual ma’lumotni yorug‘lik chiqaradigan manbadan olish esa ko‘zlar uchun zararli. Shu sababli ekran orqali o‘qish, video tomosha qilish ko‘rish qobiliyati yaxshi insonlarga ham salbiy ta’sir o‘tkazadi. Ko‘zlarni bu kabi muammodan himoya qilish uchun har kuni oddiy mashqlarni bajarish tavsiya etiladi.
  • Matn oson o‘qilishi uchun ekran yorug‘ligi kamaytirilishi kerak;
  • Hujjat yoki matn shakli kattalashtiriladi, shunda uni ko‘rib chiqish osonlashadi va ko‘zlar charchab qolmaydi;
  • O‘qish kerak bo‘lgan barcha ma’lumotlarni E-Ink elektron darsturiga o‘tkazish lozim, shunda ko‘zlar matnni oddiy kitob kabi qabul qiladi;
  • Hech bo‘lmaganda har 20 daqiqada bir marta ko‘zni monitordan 20 soniyaga olish va uzoq masofaga qarash kerak;
  • Matn terish vaqtida ekranga imkon qadar kamroq qarash lozim;
  • Kompyuterdan foydalanish vaqtida holatga e’tiborli bo‘lish muhim: gavdani tik tutish orqali qon aylanishi bosh va ko‘zga ijobiy ta’sir o‘tkazadi;
  • Ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydigan mahsulot – qorag‘at (chernika). Meva tarkibidagi moddalar ko‘z pardasini qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi va shikastlangan joylarni qayta tiklaydi. Bu esa ko‘rish qobiliyatini yanada yaxshilaydi;
  • Yangi sabzi tarkibidagi A vitamini ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilashga yordam beradi.

Qanchalar foydali mahsulotlar iste’mol qilinishiga qaramay, kun davomida kompyuter yoki smartfonlar bilan ishlash ko‘zni charchatib qo‘yadi. Buning uchun endi ularni qanday dam oldirishni o‘ylab ko‘rish kerak. Charchoq va noqulaylik paydo bo‘lishi bilan darrov quyidagi mashqlarni kuniga bir necha marotaba bajarish tavsiya etiladi. Jismoniy mashqlar ko‘zlardagi achishish va og‘riqni yengillashtiradi. Agar kun davomida yetarli vaqt bo‘lmasa, u holda uxlashdan avval mashqlarni bajarish ham samarali hisoblanadi.
  • Mashqlarni qorong‘ida bajarish yaxshi samara beradi. Chunki ko‘zlar yorug‘lik bo‘lmagandagina bezovta bo‘lmay bo‘shashadi;
  • Dastlab kaftlarni qizigunga qadar bir-biriga ishqalash kerak. So‘ngra ular ochiq ko‘zlar ustiga qo‘yiladi. Kaftning o‘rta qismi ko‘z aylanisiga to‘g‘ri kelishi kerak. Tabiiy issiqlik shifobaxsh ta’sirga ega;
  • Kaftlarni ko‘zdan olmay turib, ularni bir necha bor ochib yopish lozim. Bu shox pardani ko‘z yoshi suyuqligi bilan namlash va qon oqimini yaxshilash uchun yordam beradi;
  • Kaftlar ko‘zdan olinmasdan mashqlar bajarishda davom etiladi. Avval pastdan tepaga, so‘ng o‘ng va chapga, aylana shaklida soat yo‘nalishi bo‘yicha va teskari yo‘nalishda harakatlantiriladi. So‘ngra ko‘z harakati yordamida kvadrat chizishga urinish kerak;
  • Har bir mashq 4 marotabadan takrorlanishi kerak. Ko‘z gavharining amplitudasi iloji boricha kattaroq bo‘lsa, shundagina yaxshi natijaga erishish mumkin. Mashqlar tugaganidan so‘ng kaftlarni ko‘zdan olish mumkin.

Ushbu mashqlar bajarilganda, ko‘z soqqasida og‘riq paydo bo‘lishi tabiiy. Sababi avvallari bunday mashqlar bajarib ko‘rilmagan. Bir hafta davomida takrorlangan mashqlardan so‘ng ushbu tuyg‘u sezilarli darajada pasayadi va keyinchalik butunlay yo‘qoladi. Bu mushaklarning cho‘zilib, egiluvchanligini tiklaganidan darak beradi. Har kuni, ayniqsa, uxlashdan avval ushbu mashqlar bajarilsa, kun davomida ko‘zda paydo bo‘lgan charchoq bartaraf etiladi.
  • Ko‘rsatkich barmoq cho‘zilgan holda burun o‘rtasiga keltiriladi. Ko‘zlarni uzmasdan turib, tasvirda paydo bo‘lgan chiziqlarni aniqlashtirish uchun barmoq burunga yaqinlashtiriladi. Keyin barmoq sekin harakatlantiriladi;
  • Deraza tashqarisidan uzoq joy yoki narsalarga qarash kerak. Masalan, uy, bulut, daraxt, tom kabi. Ushbu mashqlarni 10 marta bajarish tavsiya etiladi.

Ko‘z mashqlarini har kuni bajarish natijasida undagi yuk kamayadi, matn o‘qish osonlashadi. Masofadan turib ham ko‘rish qobiliyati yaxshilangani seziladi. Lekin shunda ham smartfon va kompyuter qarshisida kamroq, ochiq havoda esa ko‘proq vaqt sarflashga harakat qilish lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Osteopatdan maslahat: ko‘rish qobiliyatini yaxshilash uchun 15 ta mashq