10:45 / 13.01.2021
3 793

Qora sedananing foydali va shifobaxsh xususiyatlari: Uni qanday iste’mol qilish kerak?

Qora sedananing foydali va shifobaxsh xususiyatlari: Uni qanday iste’mol qilish kerak?
Foto: Getty Images
Qadimgi hind tabobati va Vavilonda go‘zallik hamda uzoq umr ko‘rish uchun turli eleksir va kosmetik vositalarga qo‘shilgan qora sedananing salomatlik va tashqi ko‘rinishga qo‘shadigan hissasi bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Qora sedananing oqidan qanday farq qiladi?
Sedana qaysi mamlakatda yetishtirilganiga qarab farq qiladi, ammo uning rangi tozalangan yoki yo‘qligini bildiradi. Butuni qora rangda, mag‘zi esa yorqin or rangdan jigarranggacha bo‘lishi mumkin. Tozalanmagan qora sedana vitamin va mikroelementlarga boy ekani bilan foydali hisoblanadi.

Qora sedananing foydali xususiyatlari
Qora sedana kalsiyga boy ekani bilan rekordsmen hisoblanadi. Uning 100 grammida ushbu mikroelementning deyarli kunlik me’yori (1000 mg) mujassam bo‘ladi. Shuningdek, tarkibidagi rux moddasi suyaklarni mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi.

Sedana «yomon» xolesterinlarni kamaytirish xususiyatiga ega bo‘lgan antioksidantlarning koni. Qolaversa unda qon bosimini nazorat qiluvchi magniy ham mavjud.

Terini mustahkamlaydigan, uning elastikligini oshirishga yordam beradigan E vitamini mavjud ekani sabab ham terini sedana yog‘i bilan massaj qilish tavsiya qilinadi.

Tarkibidagi foydali yog‘lar bois ushbu mahsulot ichaklar faoliyatini ham yaxshilaydi. Undagi antioksidantlar immunitetni mustahkamlaydi, kletchatkalar esa jigarni himoya qilib, organizmdan toksinlarni chiqarib yuborishga hissa qo‘shadi.

A’lo kayfiyat
Kalsiy va magniy birikmasi asabiylik va stressga qarshi yaxshi samara beradi. Triptofan va tiamin esa organizmda «baxt gormoni» serotonin ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

Ayollar uchun foydasi
Sedanada organizm uchun zarur bo‘lgan kalsiy, temir, B vitamin, rux, fosfor, magniy va selen mavjud ekani sabab ham endi ona bo‘lgan ayollarga kanda qilmaslik tavsiya qilinadi. Shuningdek, menopauza vaqtida ham yaxshi samara beradi. Uning tarkibidagi fitoestrogen, ayollar gormoni estrogenning o‘rnini bosadi va organizmni erta qarishining oldini oladi.

Sharq fitotibbiyotida qora sedana eshitish va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashi, xotirani mustahkamlashi hattoki oqargan sochlardan qutilishga ham yordam berishi ta’kidlangan. Yaponiyada oq sochli ayol va erkaklar o‘rtasida tajriba o‘tkazilgan bo‘lib unga ko‘ra har bir ishtirokchi kuniga ikki qoshiqda qora sedana iste’mol qilgan. Oradan ikki oy o‘tib ishtirokchilarning sochlari qoraya boshlagan.

Erkaklar uchun foydasi
Sedana tarkibidagi rux va mis moddasi erkaklar salomatligi uchun muhim. Ushbu mikroelementlar qon aylanishini yaxshilaydi, A va E vitaminlari ham foydali hisoblanadi.

Qancha miqdorda iste’mol qilish kerak?
Kuniga 2-3 choy qoshiqdan iste’mol qilish kunlik me’yor kerak.

Sedana yog‘i
Sedana yog‘idan nafaqat taom tayyorlashda, balki kosmetologiyada ham samarali foydalanish mumkin. Namlantiruvchi va antioksidantlik xususiyati bilan salomatlik va tashqi ko‘rinishdagi muammolarni bartaraf etadi va shuning uchun ham ushbu mahsulotdan kosmetik vositalar va sovun ishlab chiqarishda foydalaniladi.

Kimlarga tavsiya qilinmaydi?
Buyrak va siydik pufagida muammo bo‘lganlar sedana qo‘shib tayyorlanadigan taomlardan uzoqroq turishi kerak. Yetarlicha kaloriyaga boy ekani, uning 100 grammida 560 kkal bo‘lgani sabab ham parhez qilayotganlarga tiyilish maslahat beriladi.

Qanday saqlash kerak?
Qorong‘i va salqin joyda germetik konteyner ichida bo‘lsa, qora sedanani uch oygacha saqlash mumkin. Yarim yil davomida sifati buzilmasligi va aynimasligi uchun muzlatkichga qo‘yish kerak.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qora sedananing foydali va shifobaxsh xususiyatlari: Uni qanday iste’mol qilish kerak?