22:06 / 13.01.2021
3 214

Diabetdan ogohlantiruvchi tonggi alomatlar

Diabetdan ogohlantiruvchi tonggi alomatlar
Foto: «Medikforum.ru»
2-turdagi diabetga olib kelishi mumkin bo‘lgan qondagi qand miqdorining yuqori darajasini ertalabki bir qancha alomatlarga qarab aniqlash mumkin, deb xabar berdi «Express».

Endokrinolog Ralf Abraxam qandli diabet belgilari orasida, birinchi navbatda, doimiy chanqoq hissi va tez-tez peshob qistashiga e’tibor berish kerakligini ta’kidlagan. Shu bois odam uyg‘ongan zahoti og‘iz va tomoq qurishini sezsa va shoshilinch hojatxonaga borishga majbur bo‘lsa, u holda qonda glyukoza darajasini tekshirishga to‘g‘ri keladi. Yarim tunda chanqoqdan uyg‘onib ketishni ham e’tiborsiz qoldirish yaxshilikka olib kelmaydi.

Bordi-yu, bunday alomatlar kuzatilsa, mutaxassis ularni diabetning boshqa alomatlari, jumladan, charchoq, uyquchanlik, ko‘z xiralashishi, mayda yaralarning sekin bitishi, shuningdek, zamburug‘li infeksiyalar va chipqonlar bilan birga qo‘shilib kelishini tahlil qilishni maslahat beradi. Agar bunday belgilar bir qancha bo‘lsa, tekshiruvdan o‘tish tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Diabetdan ogohlantiruvchi tonggi alomatlar