18:18 / 17.01.2021
1 499

Ikki karra himoya yoki noqulaylik: Birdaniga ikkita niqob taqish kerakmi?

Ikki karra himoya yoki noqulaylik: Birdaniga ikkita niqob taqish kerakmi?
Foto: Freepik
Jamoat joylari va odamlar gavjum joyda niqob taqish kerakligi yangilik emas. Ayrimlar virusdan yaxshiroq himoyalanish uchun ikki qavat niqob taqish kerak, degan fikrda.

Qachon ikki qavat niqob taqish kerak?
Mutaxassislar agar niqob yetarli darajada himoya qilmaydigan bo‘lsa, ikkinchisini taqish mumkinligini ta’kidlaydi. Ayniqsa, niqob yupqa mato yoki dokadan tikilgan bo‘lsa, yaxshi himoya qilmasligi mumkin.

Filtr kerakmi?
Qo‘shimcha himoya uchun yana bir variant, niqob tagidan filtr taqish hisoblanadi. Masalan, niqob ostidan havo yoki qahva filtridan foydalanish mumkin. Bu ham himoyani oshishiga yordam beradi, ammo bu nafas olishning qiyinlashishiga olib kelishi ehtimoli yo‘q emas. Nafas olish qiyin bo‘ladigan bo‘lsa, yo‘qdan ko‘ra hech bo‘lmaganda bir niqob taqqan yaxshi. Chunki nafas olish bilan bog‘liq boshqa muammolarning kelib chiqishi salomatlikda salbiy o‘zgarishlarga hissa qo‘shishi mumkin.

Niqobni qanday tanlash kerak?
Yaxshi himoyalaydigan, jarrohlar foydalanadigan, ko‘p qavatli niqoblar yoki respiratorlarni xarid qilgan yaxshi. Niqob og‘iz va burunni to‘liq yopishi va yuzning pastki qismini qoplab turishi kerak. Nafas olishga qiynaladigan turli niqoblardan foydalanmagan yaxshi. Teshigi bor niqoblarni esa iloji boricha xarid qilmang. Chunki yo‘talgan va aksirganda virus tashqariga chiqishi va boshqalarni ham zararlashi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Ikki karra himoya yoki noqulaylik: Birdaniga ikkita niqob taqish kerakmi?