23:23 / 17.01.2021
7 669

Urfdan qolgan 8 ta qishki obraz (foto)

Urfdan qolgan 8 ta qishki obraz (foto)
Moda olami mutaxassislari tinimsiz yozishlariga qaramay, bu kabi uslublar azaldan urfda bo‘lgan. Shuningdek, qizlarning ko‘pchiligi maktab o‘quvchisi kabi kiyinishga sodiq qolgan. Quyida garchi ba’zi sabablarga ko‘ra nomutanosib kombinatsiya hisoblansa-da, hanuzgacha qishki mavsumda ommalashadigan kiyimlar bilan tanishish mumkin.

Trikotaj paypoq va kalta yubka

Foto: Cosmopolitan
2010 yilning boshlarida kalta yubkalar bilan tizzadan yuqorida turuvchi trikotaj paypoqlar kiyish urfga kirgan. Ayniqsa, bu uslub kalta etiklarda yanada yomonroq ko‘rinadi. Qish faslida ham ko‘ylak yoki yubka kiyishni istaganlar uzun paypoq o‘rniga qalin va bir xil rangda kolgotka kiyishi mumkin. Bu obraz nafaqat uyg‘unlikni, balki tashqi ko‘rinishda vizual balandlikni aks ettiradi.

Bir to‘plamdagi shapka va sharf

Foto: Cosmopolitan
Yosh boladek ko‘rinishni xohlamaydiganlar uchun shapka va sharfni bir to‘plamdagisini kiyish tavsiya etilmaydi. Ularning rangi o‘xshash yoki, umuman, boshqa aksessuarga mos bo‘lishi kerak. Bu tashqi ko‘rinishni yanada boyitadi.

Kalta yengli mo‘yna va kalta qo‘lqop

Foto: Cosmopolitan
Agar garderobdan qisqa yengil mo‘yna joy olgan bo‘lsa, uni uzun qo‘lqoplar bilan kiyish tavsiya etiladi. Kalta qo‘lqop esa siluetga ta’sir qilishi shubhasiz.

Kalta sviter-ko‘ylak

Foto: Cosmopolitan
Qisqa sviter ko‘ylaklar ancha eskirgan libos hisoblanadi. Bundan tashqari, ular juda semiz va qomatni biroz buzib ko‘rsatishi mumkin. Yaxshisi, kamchiliklarni yashirmaydigan liboslarni garderobdan chiqarib tashlagan ma’qul, aks holda undan foydalanish istagi paydo bo‘lib qolishi mumkin.

Ochiq to‘piqlar

Foto: Cosmopolitan
Ochiq holda qoldirilgan to‘piqlar har qanday zamonaviy uslubni ham buzishi mumkin. Birinchidan sovuq mavsumga mos kelmaydi, ikkinchidan oyoqlarni tabiiy ravishda qisqartiradi. Shuningdek, sog‘liq uchun ham xavfli sanaladi.

Qishda yozgi liboslar

Foto: Cosmopolitan
Mato jihatidan ham yozgi liboslar qish fasliga to‘g‘ri kelmaydi. Bu kombinatsiyani buzishi mumkin. Ularni bahor yoki kuz faslida boshqa kiyimlar bilan uyg‘unlashtirib kiyish mumkin.

Mo‘ynali kiyimlar

Foto: Cosmopolitan
Mo‘ynali issiq kiyimlar allaqachon urfdan qolgan bo‘lsa-da, ayollar uni xarid qilishdan sira ham to‘xtagani yo‘q. Mo‘ynali ustki kiyim odatda qish mavsumida bir yoki ikki marta kiyiladi. Shunday ekan har kuni kiyish uchun oddiy palto yoki kurtkalar tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Urfdan qolgan 8 ta qishki obraz (foto)