Foto: «Eda-land.ru»
Koronavirusdan davolanayotganda greypfrut iste’mol qilmaslik kerak. Shuningdek, onkologik va kardiologik kasalliklardan qiynalayotgan bemorlarga ham bu meva taqiqlanadi, dedi rossiyalik diyetolog Anna Belousova.
![]()
«Koronavirusni davolash paytida, haqiqatan ham, greypfrut tavsiya etilmaydi. Xolesterin darajasini kamaytiradigan dorilarni qabul qilayotganlarga ham, aterosklerozdan davolanayotganlarga ham ushbu mevani iste’mol qilish qat’iyan man etiladi», — dedi mutaxassis gap mevaning o‘zi va sharbati haqida ketayotganini alohida ta’kidlab.
![]()
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, tinchlantiruvchi va onkologik kasalliklarga qarshi dorilar yo‘riqnomasida ularni birgalikda qabul qilib bo‘lmaydigan mahsulotlarning to‘liq ro‘yxati keltirilgan.
![]()
Ushbu taqiq mazkur dorilar tarkibidagi neyrogenin moddasi bilan izohlanadi. Greypfrut bilan qo‘shilganda preparatning ta’siri kamayishi mumkin, shuningdek, kutilmagan oqibatlarga olib kelishi hech gap emas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Kivi mavsumi: Ushbu meva immunitetga qanday ta’sir qiladi?

Har kuni tuxum iste’mol qilish organizmga qanday ta’sir qiladi?

Apelsin, choy, asal – nega ularni koronavirus bilan kasallanganda iste’mol qilish mumkin emas?

Sutkasiga 8 soatdan kam uxlash ortiqcha vazn to‘plashga sabab bo‘ladi

Urug‘i bilan yeyish kerak bo‘lgan meva va poliz ekinlari

Aktrisa Luiza Rasulova tugʻilgan kunini nishonlamoqda (foto)