18:18 / 24.01.2021
10 791

Tomir tortishi: sabab nima va qanday choralar ko‘rmoq kerak?

Tomir tortishi: sabab nima va qanday choralar ko‘rmoq kerak?
Tomir tortishi biror kasallikdan darak beradimi? Bu holatning kelib chiqish sababi va oqibatlari qanday? SSV matbuot xizmati tibbiyot fanlari doktori, professor Yoqutxon Majidova suhbatni taqdim etdi.

— Tomir tortishi yana qanday kasalliklar alomati hisoblanadi?
— Oyoq tortishishi ba’zi surunkali kasalliklar belgisi ham bo‘lishi mumkin. Tibbiyot amaliyotida kuzatilishicha, ba’zi bir qon tomir kasalliklari, umurtqa pog‘onasi bo‘g‘imlarida tuz yig‘ilganda, asab tizimi, tayanch-harakat muammolari va shunga o‘xshash xastaliklarda tomir tortishishi kuzatiladi.

E’tibor berish kerakki, barcha mushaklarning birdan qisqarishi nihoyatda xavfli holatdir! Bun-da tanadagi barcha mushaklar bir vaqtning o‘zida tortishib, hushdan ketish holatini keltirib chi-qaradi. O‘z vaqtida birinchi yordam ko‘rsatilmasa, oqibati fojiali yakun topishi ham mumkin.

— Sovuq kunlarda sog‘lom odamning ham tomir tortishi mumkin. Bunday hollarda nima qilish kerak?
— Salqin havoda oyoq tomirlari tortishsa, qalinroq paypoq kiying yoki oyoq uchun issiq vanna qabul qiling. Agar odam o‘tirganda, yurganda tomiri tortishib qolsa, bir qo‘l bilan oyoq panjasini yozib, boldir mushaklarini asta-sekin pastga tomon silash tavsiya etiladi.

Agar oyoq og‘rib, uvishib tomir tortishishi doim takrorlanaversa, qon tomirlar va asab kasalliklari shifokorlariga murojaat qilish lozim.
Kunning issiq paytlarida oyoq boldiriga va panjaga vaqti-vaqti bilan parafin, ozokerit, balchiq qo‘yish foyda beradi. Tunda oyoq va tovon mushaklari tortishmasligi uchun bir hafta davomida ovqatlanishdan oldin kuniga 3 mahal ikki choy qoshiqdan asal iste’mol qiling.

— Qanday davolash usullari mavjud?
Ba’zilar oyoq tomirida spazm yuzaga kelayotganini oldindan his etadi. Siz ham ular safida bo‘lsangiz, og‘riq qo‘zg‘alayotganini sezgan zahotingiz oyoq mushaklarini bo‘shashtiring.

Shunda ham tomir tortishishi kelib chiqsa, o‘tirgan holatda oyoq uchini o‘zingizga qaratib, 2-3 daqiqa ushlab turing. Bezovtalik o‘tib ketmadimi? O‘rningizdan turingda, asta harakatlaning. Iloji bo‘lsa, oyoqyalang, pol ustida yuring.

Avvaliga terapevt-shifokor ko‘rigidan o‘tishingiz tavsiya etiladi. Shikoyatlaringizdan kelib chiqib, endokrinolog, kardiolog, nefrolog va nevrolog mutaxassislar ko‘rigini maslahat beradi.

Bezovtalik sababi somatik patologiyalar bilan bog‘liq bo‘lsa, to‘g‘ri tanlangan davo choralari tez fursatda muammodan forig‘ etadi. Mabodo tomir tortishishi jiddiy xastaliklar belgisi sifatida aniqlansa, tashxisdan kelib chiqqan holda muolaja qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tomir tortishi: sabab nima va qanday choralar ko‘rmoq kerak?