11:20 / 28.01.2021
2 926

Yosh va sog‘lom bo‘lay desangiz tongni zarchavali suv bilan qarshi oling

Yosh va sog‘lom bo‘lay desangiz tongni zarchavali suv bilan qarshi oling
Foto: Harper’s Bazaar
ongni qanday qarshi olish kunning o‘tishiga hissa qo‘shishi shu sabab ham nonushtani foydali mahsulotlar bilan qilish kerakligi haqida bir necha marta takrorlangan. Mutaxassislar nonushtadan 30-40 daqiqa avval bir stakan suyuqlik ichish kerakligi bu organizmni tetiklashtirish uchun ahamiyatli ekanini ta’kidlashdan charchamaydi. Suv ichish eng oddiy va bosh qotirishga ham hojat bo‘lmagan variant, yanada foydali bo‘lishi uchun esa unga zarchava qo‘shish kerak.

Hindiston tabobatida alohida e’tirof etiladigan zarchavaning foydali xususiyatlari XXI asrning boshlarida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda ham isbotlangan.

Foydali xususiyatlari
Zarchava qo‘shilgan suv organizmni shlak, toksin va ortiqcha tuzlardan xalos etib, shishlarning ketishiga hissa qo‘shadi. Tongda shish bilan uyg‘onadiganlar uchun ushbu ichimlik ayni muddao. Uning tarkibidagi faol moddalar qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiladi va ishtahani kamaytiradi. Zarchava oshqozon suyuqligi ishlab chiqarilishini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

Bundan tashqari, tarkibidagi kurkumin hujayralarni shikastlanishdan saqlovchi, yallig‘lanishga qarshi kurashuvchi va qarish jarayonini sekinlashtirib, teri ahvolini yaxshilovchi eng yaxshi antioksidantlardan biri sanaladi. Faol birikmalar kognitiv qobiliyatlarini yaxshilaydi, ish samaradorligini oshirib, tetiklashishga qahvadan kam bo‘lmagan ta’sir ko‘rsatadi. Muntazam iste’mol qilinganda, kurkumin ko‘plab surunkali kasalliklar: qandli diabet, yurak yetishmovchiligi kabilarni oldini oladi.

Qanday iste’mol qilish kerak?
Iliq qaynagan suvga ½ choy qoshiq zarchava qo‘shing. Oshqozon-ichak traktida muammosi bo‘lmaganlar biroz qora murch qo‘shishi ham mumkin. Murch zarchavaning ta’sirini jadallashtiradi. Salomatlikda ijobiy o‘zgarish kuzatilishi uchun ushbu ichimlikni kamida 3 hafta ichish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yosh va sog‘lom bo‘lay desangiz tongni zarchavali suv bilan qarshi oling