21:43 / 28.01.2021
2 004

Shirinlik, sut va dermatologlar tiyilishni tavsiya qiladigan boshqa mahsulotlar

Shirinlik, sut va dermatologlar tiyilishni tavsiya qiladigan boshqa mahsulotlar
Foto: Freepik
Yuz va terida muammolar paydo bo‘lishi, husnbuzar toshishiga ratsiondan o‘rin olgan turli mahsulotlar ham sabab bo‘lishi mumkin. Dermatologlar ulardan tiyilish va to‘g‘ri ovqatlanish orqali ko‘ngildagidek ko‘rinishga ega bo‘lish mumkinligini ta’kidlaydi.

Sut
Sutda terining gormonal retseptorlariga ta’sir qiladigan va yuzda turli muammolar aks etishiga sabab bo‘ladigan androgen gormonlar mavjud. Shu sabab ham ko‘p sut ichishdan tiyilish kerak.

Pishloq
Mazali va foydali pishloq ham boshqa sut mahsulotlari kabi teri ahvoliga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Qahva
Tarkibida kofein bo‘lgan qahva organizmni suvsizlanishi va ko‘p peshob ajralishiga sabab bo‘ladi. Kofeinga sezuvchanligi yuqori hamda terisida muammo kuzatiladigan kishilar qahvadan tiyilgani yaxshi. Qahvasevarlarga esa ushbu ichimlikni bir stakan suv bilan birga ichish tavsiya qilinadi.

Kolbasa va sosiska
Natriyga boy bo‘lgani sabab sosiska va kolbasa iste’moli organizmda suv ushlanib turishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa ko‘z ostida halqalar paydo bo‘lishi va yuz shishiga olib keladi.

Shirinliklar
Bulochka, ponchik va boshqa shirinliklarni doimiy iste’mol qilish ham teriga yoqmasligi aniq. Tarkibida shakar ko‘p ekani sabab bunday mahsulotlar terini erta qarishiga olib keladi. Shirinliklar o‘rniga alternativ sifatida esa tarkibida kakao miqdori ko‘p bo‘lgan shokolad, shakar qo‘shilmagan va mevalar qo‘shib tayyorlangan pechene iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Kartoshka fri
Chips mazali ekani haqiqat, lekin transyog‘lar nafaqat teri va ko‘rinishga, balki salomatlikka ham zarar yetkazishini yoddan chiqarmaslik kerak.

Spirtli ichimliklar
Spirtli ichimliklar ham xuddi qahva singari terini quritib, yallig‘lanishlarni keltirib chiqarishi, shuningdek, erta qarishga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shirinlik, sut va dermatologlar tiyilishni tavsiya qiladigan boshqa mahsulotlar