10:30 / 30.01.2021
1 872

Shirinlikdan tiyilishga yordam beradigan 6 tavsiya

Shirinlikdan tiyilishga yordam beradigan 6 tavsiya
Foto: «Domashniy Ochag»
Yurak salomatligini saqlash, qandli diabetni oldini olish, metabolizmni me’yorda bo‘lishini ta’minlash uchun shakar miqdorini nazorat qilish va ratsiondagi mahsulotlarga e’tiborli bo‘lish kerak. Salomatlik bilan bog‘liq turli muammolarni oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qilish ham yaxshi natija beradi.

Suli yormasi iste’mol qiling
Suli yormasi qondagi qand miqdorini kamaytiradi va klechatkaga boy ekani sabab uzoq vaqt qorni to‘q bo‘ladi. Buning uchun esa bo‘tqa kam miqdorda qayta ishlangan yormalardan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Tez tayyorlanadigan bo‘tqalar, myusli salomatlikka zarar yetkazadi. Shu sabab butun yormalardan bo‘tqa tayyorlash va unga quritilgan va barra mevalar qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Suvni mazali holda iste’mol qiling
Ortiqcha shakardan voz kechishni istovchilarning eng asosiy dushmani shirin ichimliklar hisoblanadi. Oddiy suv icha olmaydigan bo‘lsangiz unga yalpiz, bodring va limon qo‘shib iste’mol qiling.

Meva iste’mol qiling
Glyukoza miya faoliyati va kun davomida energiyaga to‘la bo‘lish uchun muhim bo‘lgani sabab shirinliklardan butunlay voz kechib bo‘lmaydi. Shunchaki, konfet yoki shirinlik ustiga quritilgan yoki barra mevalar iste’mol qiling. Meva tarkibidagi shakar zararsiz hisoblanadi va shirinlik iste’mol qilishga bo‘lgan moyillikni kamaytiradi.

Souslardan voz keching
Tayyor sous – mayonez, ketchuplarda qo‘shimcha shakar bisyor bo‘ladi. Ulardan bir muddat voz kechilganning o‘zidayoq, ijobiy natijani kuzatish mumkin bo‘ladi.

Tabiiy yogurt iste’mol qiling
Tarkibida oqsil, sut yog‘lari mo‘l bo‘lgan grek yogurt nonushta uchun eng yaxshi variant. U tushlikka qadar qorinni to‘q tutadi va o‘zingizni yaxshi his qilishingizga hissa qo‘shadi. Yogurtga yoki qatiqqa meva qo‘shib iste’mol qiling.

Qora qahva iching
Qahvada shakar va sut qancha ko‘p bo‘lsa, uning foydasi shuncha kam salomatlik uchun esa xavfi ko‘p bo‘ladi. Shu sabab shakar va boshqa qo‘shimchalarsiz qahvaning o‘zini ichishga harakat qiling. Unutmang, bir finjon shirin qahvada katta miqdorda shakar bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shirinlikdan tiyilishga yordam beradigan 6 tavsiya