18:15 / 22.02.2021
2 829

Dorilarsiz qon bosimini tushirish bo‘yicha kardiologdan 8 tavsiya

Dorilarsiz qon bosimini tushirish bo‘yicha kardiologdan 8 tavsiya
Foto:Freepik
Qon bosimining oshishi, ya’ni gipertoniyaga nisbatan bejiz zabonsiz qotil ta’rifi berilmaydi. Jiddiy oqibatlar bilan yakun topishi va turli asoratlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan salomatlik bilan bog‘liq ushbu muammo nafaqat 40 yoshdan kattalar, balki yoshlarda ham tez-tez kuzatiladi. Tibbiyot fanlari doktori, professor Olga Lebedeva preparatlarsiz qon bosimini tushirish haqida ma’lumot berib o‘tadi.

Ortiqcha vazndan qutuling
Qon bosimi har ortiqcha tashlangan kiloda bittaga kamayadi. Buning uchun esa doimiy ravishda sport yoki jismoniy faollik bilan shug‘ullanish tavsiya qilinadi.

Kuniga 30 daqiqa jismoniy faollik
Uzoq vaqt piyoda yurish, velosiped haydash, suzish va raqs nafaqat qomat, balki kayfiyatni ham me’yorda bo‘lishiga hissa qo‘shadi. Qon bosimining 5-8 taga kamayishi uchun kuniga kamida 30 daqiqa davomida ushbu mashg‘ulotlar bilan shug‘ullaning.

Bo‘tqa iste’mol qiling
Jismoniy faollik bilan birga sog‘lom ovqatlanishga ham rioya qilinsa, arterial bosimni 11 taga kamaytirsa bo‘ladi. Ratsiondan yarimtayyor, yog‘li mahsulotlarni olib tashlab, buning o‘rniga meva, sabzavot va donli mahsulotlar iste’mol qilish kerak. Qolaversa, tomirlarni quritib, qon bosimi ortishiga ta’sir qiladigan tuzni ham me’yorini oshirmaslik zarur.

To‘g‘ri nafas oling
Tadqiqotlarda to‘g‘ri chuqur nafas olish arterial qon bosimni kamaytirishga samarali hissa qo‘shishi aniqlangan. Eng yaxshi usul 5 marotaba nafas olib, chiqarish mashqi hisoblanadi. Uni bajarish davomida qorin bilan nafas olishga hamda bu vaqtda yelkalar qimirlamasligiga e’tibor qaratish kerak. Yanada yaxshi samara berishi uchun qulay joylashib oling va ko‘zlaringizni yuming. Bu orqali ahvolingizga ta’sir ko‘rsatadigan stressni ham kamaytirishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lasiz.

Qo‘l va oyoqlar uchun issiq vanna qabul qiling
45 daraja issiqlikdagi suv solingan idishga qo‘l yoki oyoqlaringizni soling hamda 10 daqiqa davomida kutib turing. Qon tomirlarni kengaytirib, qon aylanishini yaxshilaydigan ushbu muolaja qattiq bosh og‘rig‘ida ham yaxshi samara beradi.

Karkade yoki boshqa tinchlantiradigan choy iching
Karkadeli choyni sovuq holida ichish kerak, aksincha bo‘lsa, qon bosimini ko‘tarilishiga ta’sir qilishi mumkin. Karkade yoqmaydigan bo‘lsa, moddalar almashinuvini yaxshilash uchun foydalanadigan bedadan tayyorlangan choy ham yaxshi samara beradi. Bundan tashqari, nordon ta’mli boshqa ichimliklar ham qon bosimini tushirish xususiyatiga ega.

Olma sirkasi bilan kompress qiling
Xalq tabobatiga oid bo‘lgan ushbu muolaja oyoq-qo‘llarni vanna qilgandek ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun olmali sirka bilan namlangan doka yoki matoni 10-15 daqiqaga tovonga qo‘yish kerak.

Xantaldan foydalaning
Xantal qon aylanishini yaxshilab, arterial bosimning tushishiga hissa qo‘shadi. Uni oyoqlarga qo‘yish, ammo ortiqcha ushlab turmaslik tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Dorilarsiz qon bosimini tushirish bo‘yicha kardiologdan 8 tavsiya