18:55 / 01.03.2021
3 523

Oyoqni urmasligi uchun poyabzal tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Oyoqni urmasligi uchun poyabzal tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?
Foto: Cosmopolitan
Oyoqning urishi, qadoq bo‘lishi noto‘g‘ri tanlangan oyoq kiyim bilan ham bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik poyabzalni ko‘rinishiga uchib, uning matosi, sifati va qulayligiga e’tibor bermaydi. Undan foydalanish davomida esa salomatlik bilan bog‘liq turli muammolar kelib chiqishi mumkin. Ko‘p piyoda yuriladigan yerlarga qulay, sport uslubidagi modellarni kiyish, poshnali variantlarni diqqat bilan tanlash kerak.

Poshna
Bosonojka, tufli va istalgan boshqa poshnali poyabzalning mustahkamini tanlang. Poshna qancha baland bo‘lsa, oyoqlar va bel shuncha ko‘p zo‘riqadi. Oqibatda gavdani tik tutish hamda qadam tashlashda muammolar kuzatiladi. Bundan keyin esa oyoq kiyim tanlash yana ham mushkulroq bo‘ladi.

Orqa qismi
Baletka, loferlarni tabiiy matodan tikilgan, tovonni mahkam ushlab turadigan va yurganda noqulaylik keltirib chiqarmaydiganidan tanlash kerak. Oyoqni urmasligi uchun esa poyabzalning ushbu qismiga bolalar kremi va sovun surting.

Patak
Oyoq kiyim patagi muhim rol o‘ynagani sabab ham uning qanday matodan tayyorlanganiga e’tibor qaratish muhim sanaladi. Iloji boricha antibakterial va namlikni shimuvchi patagi bor variantlarni tanlang hamda ularni almashtirish muddati 6 oydan ko‘p bo‘lmasligiga e’tibor qarating.

Oyoq kaft qismining kengligi
«Podyom»i bor kishilarga kengroq poyabzallarga e’tibor qaratish tavsiya qilinadi. Buni aniqlash uchun oyog‘ingizni namlab, oq qog‘oz ustiga qo‘ying. Oyog‘ingizdan katta iz qolgan bo‘lsa, oyog‘ingiz yassi, agar oyoqning tovoni va uch qismi orasidagi farq katta bo‘lsa, «podyom»ingiz bor. Uncha katta bo‘lmasa, hammasi joyida.

O‘lcham
Oyoq kiyimni oyoqlar o‘lchamiga munosibini tanlash juda ham muhim sanaladi. Poyabzal sizga katta ham, kichik ham bo‘lmasligi, yurganda qulay va harakatlanish oson bo‘lishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Oyoqni urmasligi uchun poyabzal tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?