21:49 / 02.03.2021
1 103

Shokolad yurak-qon tomir tizimini sog‘lomlashtiradi

Shokolad yurak-qon tomir tizimini sog‘lomlashtiradi
Amerikalik olimlar shokoladning yurak-qon tomir tizimi uchun foydali ekanligini isbotlashdi.

Shokolad va yurak-qon tomir kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tahlil qilish uchun 300 ming kishidan olingan ma’lumotlar tahlil qilindi. Ma’lum bo‘lishicha, haftasiga kamida bir marta shokolad iste’mol qilgan odamlarda yurak xastaligi xavfi boshqalarnikiga qaraganda 8 foizga kam bo‘ladi.

Mazkur ijobiy natijalar shokolad tarkibida stearin kislotasi, flavonoidlar va polifenollarning mavjudligi bilan izohlandi. Ushbu birikmalarning barchasi yurak faoliyatini kuchaytiradi. Ammo shokoladni haddan ziyod iste’mol qilish semirish va diabetga olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Shokolad yurak-qon tomir tizimini sog‘lomlashtiradi