00:30 / 03.03.2021
1 093

Osongina hal qilish mumkin bo‘lgan uyqudagi 10 ta muammo

Osongina hal qilish mumkin bo‘lgan uyqudagi 10 ta muammo
Foto: «Domashniy ochag»
Barcha insonlar yaxshi uxlashning qanchalar muhimligi va uning sog‘liq uchun foydalaridan xabardor. Sababi uyqu jarayonida tana qayta tiklanadi va yangi kuchga ega bo‘ladi.

Ammo ko‘pchilik to‘yib uxlash uchun ta’til va dam olish kunlarini kutadi. Afsuski, bu ham doim kutilganidek bo‘lavermaydi. Insonlarning aksariyati shifokorlar tavsiyasiga ko‘ra 7-9 soat uxlaydi. Shunday bo‘lsa-da, muammoni hal qilish uchun uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradigan oddiy ko‘rsatmalar mavjud.

Uxlay olmaslik
Buning uchun soat 16:00 dan keyin qahva ichmaslik tavsiya etiladi. Sababi kofein tanada 4-6 soat davomida harakat qiladi. Kechki sport mashg‘ulotlarini bekor qilishning keragi yo‘q, ammo me’yordan oshirmaslikka harakat qilish kerak. Chunki o‘ta qattiq charchoq ham uxlashga to‘sqinlik qiladi. Eng muhimi, uxlashdan bir soat avval planshet, noutbuk va telefonni uzoqroqqa joylashtirish kerak.

Tez-tez uyg‘onib ketish
Uyquga yotishdan oldin spirtli ichimlik ichish mumkin emas. U uyqu davomiyligini qisqartiradi. Shuningdek, biroz salqinroq xonada uxlash tavsiya etiladi. Uyqu uchun eng yaxshi harorat 20-22 daraja hisoblanadi.

Xurrak otish
Qulay yostiqda yon tomonga qarab uxlash zarur. Boshni orqa tomonga tashlash yoki tepaga qarab yotish holatida ko‘proq xurrak otish kuzatiladi. Bundan tashqari, yotishdan oldin burunni yuvish ham samara beradi.

Bo‘yin og‘rig‘i
Yostiqlarni har ikki yilda o‘zgartirishni unutmaslik kerak. Ayniqsa, qalin ortopedik yostiqlar bo‘yin uchun juda mos keladi. Bunday vaqtda qorin bilan yotishdan cheklanish kerak, chunki bo‘yin o‘ng yoki chap tomonga buraladi.

Jig‘ildon qaynashi
Buning uchun, avvalo, chap tarafi balandroq yostiqda uxlashga ko‘nikish kerak. Shuningdek, jig‘ildon qaynashi sababini bilish uchun shifokor bilan maslahatlashish zarur.

Yelkalar og‘rishi
Ushbu holatda yon tomonga qarab uxlash tavsiya etilmaydi. Orqa bilan yotib, bel ostiga kichikroq yostiq qo‘yish mumkin. Shunda qo‘l va yelkalar og‘rig‘i bartaraf etiladi.

Uyg‘ona olmaslik
Hamisha bir vaqtning o‘zida uxlab, uyg‘onishga odatlanish zarur. Hatto dam olish kunlarida ham. Bu vaqt o‘tishi bilan tananing oson uyg‘onishiga yordam beradi.

Bel og‘rishi
Qorin bilan uxlaydiganlar son ostiga, orqa bilan uxlaydiganlar tizza ostiga kichikroq yostiq qo‘yishi mumkin.

Oyoq og‘rig‘i
Oyoq ostiga sochiq yoki yopinchiq aylana shaklda qo‘yiladi. Shunda qon aylanishi yaxshilanadi. Shuningdek, soat 16:00 dan keyin qahva va achchiq choy ichmaslikka harakat qilish lozim.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Osongina hal qilish mumkin bo‘lgan uyqudagi 10 ta muammo