10:14 / 03.03.2021
1 151

Nonushtaga nima yeyish va yemaslik kerak?

Nonushtaga nima yeyish va yemaslik kerak?
Foto: Freepik
Kun davomida kayfiyat a’lo, kuchga to‘la va sog‘lom bo‘lishi uchun tongni foydali nonushta bilan boshlash kerak. Taom yoki yegulik kletchatkaga boy, trans-yog‘lar, zararli uglevod va shakar miqdori kam bo‘lgan mahsulotlardan tayyorlangan bo‘lsa ayni muddao.

Qayta ishlangan suli yormasidan bo‘tqa
Suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqaning butun va ko‘p qayta ishlanmagan yormadan tayyorlangani foydali hisoblanadi. Agar 100 gramm suli yormasida kletchatka 3 grammdan kam bo‘ladigan bo‘lsa, bunday yormani xarid qilmaganingiz yaxshi.

Vafli va tostlar
Murabbo va asalli vafli va pishloq hamda sariyog‘ surtilgan tostlar oson singadigan uglevodlarning koni hisoblanadi. Buning hisobiga qondagi qand miqdori keskin ko‘tariladi.

Boshoqli batonchalar
Agar o‘z qo‘lingiz bilan tayyorlamagan bo‘lsangiz, bunday batonchalarni nonushtaga iste’mol qilmaganingiz yaxshi. Gap shundaki, aksariyat hollarda ushbu mahsulot shakarli sirop, qayta ishlangan boshoqlar hamda shokoladli glazurning umumlashmasidan tayyorlanadi. Oson singadigan uglevod hamda shakar esa organizmga foyda keltirmasligi aniq.

Yog‘siz yogurt
Tarkibida kalsiy bisyor bo‘lgan va shakar bo‘lmagan yogurt, kunni boshlash uchun eng yaxshi variant. Faqat buning uchun ushbu mahsulot yog‘li sutdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Sut yog‘i salomatlik uchun juda ham foydali sanaladi va kishining ozishiga yordam beradi. Shu sabab nonushtaga hech ikkilanmasdan barra meva va yong‘oqlar qo‘shilgan yog‘li yogurt iste’mol qiling.

Bir finjon qahva
Sirop, shakar qo‘shilgan qahva nonushta o‘rnini bosa olmaydi, ammo shu bilan birga qon bosimi va qondagi qand miqdori ko‘tarilishiga sabab bo‘ladigan ichimlik hisoblanadi. Yaxshisi och qoringa bunday shirin ichimlik iste’mol qilmaslik kerak.

Ponchiklar
Iloji boricha ponchiklarni nonushtaga qo‘shimcha sifatida iste’mol qilgandan tiyilgan yaxshi. Uning o‘zi bilan nonushta qilishdan esa butkul voz kechish kerak. Zararli uglevod, shakar va trans-yog‘larni ichiga olgani sabab ham ushbu shirinlik iste’molidan keyin organizmda turli muammolar kuzatilishi mumkin.

Sosiska va kolbasa
Nonushtaga qovurilgan tuxum iste’mol qilishingiz mumkin, ammo unga kolbasa yoki sosiska qo‘shish aslo tavsiya qilinmaydi. Gap shundaki, har gal ushbu qayta ishlangan go‘sht mahsulotini iste’mol qilgandan keyin oshqozon yoki ichaklar saratoni, shuningdek, qandli diabet va yurak qon-tomir kasalliklarining kelib chiqish xavfi ortishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Nonushtaga nima yeyish va yemaslik kerak?