15:35 / 12.03.2021
3 593

Grechkadan mazali taom tayyorlash bo‘yicha 7 tavsiya

Grechkadan mazali taom tayyorlash bo‘yicha 7 tavsiya
Foto: «Yeda.ru»
Vazn tashlashga yordam beradigan grechka, tarkibida glyuten yo‘qligi, to‘yimli hamda mazali ekani bilan ham o‘ziga xosdir. Tez va samarali ozishni istaydigan, shu bilan birga salomatligida muammo kuzatilishini xohlamaydigan kishilarga parhezshunoslar grechkadan tayyorlangan taomlar iste’mol qilishni tavsiya qiladi. Ratsion xilma-xil bo‘lishi va me’daga tegmasligi uchun esa uni turli mahsulotlar bilan qo‘shib tayyorlash ayni muddao.

Pishloq (parmezan) va tryufel (qo‘ziqorin) yog‘i
Suvda pishirib olingan grechkaga parmezan qo‘shib pechga qo‘ying. Pishloq yaxshilab eriganidan keyin oling va tryufel yog‘ini qo‘shing. Grechkaning bundan mazali va foydalisini yemaganingiz aniq.

Selder, xandon pista va piyoz
Piyoz bo‘laklarini o‘simlik yog‘ida qovurib oling, qizarganidan keyin maydalangan selder qo‘shing. Go‘sht o‘rniga esa xandon pista qo‘shsa bo‘ladi. Noodatiy ta’mga ega bo‘lgan tayyor taom sizni uzoq vaqt davomida to‘q tutadi.

Zaytun yog‘i va yirik qora murch
Grechkani past olovda 7 daqiqa davomida pishirib oling. Olovni o‘chirib bir necha qoshiq zaytun yog‘i soling. Murch seping va 15 daqiqaga qopqog‘ini yopib qo‘ying. Zaytun yog‘ining yoqimli ta’mi va murchning ifori taomning o‘ziga xos bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Tayyorlash davomida mazasi o‘zgarmasligi uchun yog‘ miqdorini ko‘paytirib yubormang.

Pomidor va feta (pishloq)
Qaynatilgan grechkaga kubiklarga bo‘lingan pomidor va pishloq qo‘shing. Yanada mazali bo‘lishi uchun unga zaytun va quritilgan jambil solsa ham bo‘ladi.

Sxug sousi
Yamanda o‘ylab topilgan sxug sousini tayyorlash uchun maydalangan yashil qalampirga, sarimsoq piyoz va 200 gramm o‘simlik yog‘i solib blenderda aralashtiring. Kashnich va tuz qo‘shing. Bir qoshiq aralashmani grechkaga qo‘shishning o‘zi kifoya, rangi va ta’mi o‘ziga maftun qiladigan darajada o‘zgaradi.

Pesto va pishloq
Rayhondan tayyorlanadigan mashhur sousning kelib chiqishi Italiyaga borib taqaladi. Uni tayyorlash uchun rayhon, yong‘oq, tuz va zaytun yog‘ini blenderda aralashtiring. Grechkaga aralashmadan 3 qoshiq soling hamda pishloq qo‘shing.

Qo‘ziqorin, omlet va avokado
O‘simlik yog‘ida qovurib olingan qo‘ziqorinni suvda pishgan grechka bilan aralashtiring. Oqsil, yog‘ va uglevod balansda bo‘lishi uchun omlet hamda avokado qo‘shing. Ustini barra ko‘katlar bilan bezang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Grechkadan mazali taom tayyorlash bo‘yicha 7 tavsiya