13:40 / 04.04.2021
3 828

O‘limga olib keluvchi makiyaj: barchaga saboq bo‘ladigan amerikalik qiz hikoyasi

O‘limga olib keluvchi makiyaj: barchaga saboq bo‘ladigan amerikalik qiz hikoyasi
Foto: Cosmopolitan
Agar Keti Raytga bir kun uni o‘lim yoqasiga olib keladigan kundalik pardozi hamda uni faqat professional shifokorlar qutqarishi haqida aytilganda, u albatta, ishonmagan bo‘lar edi. Hammasi ham shu tarzda boshlandi.

Go‘zallik olamida ikkita qoida ko‘pchilik tomonidan buziladi:
  • cho‘tka va sponjlarni muntazam yuvish;
  • husnbuzarlarni siqmaslik.

Qoida tariqasida ushbu qonunbuzarlik fojiali oqibatga olib kelmaydi. Ammo Texas shtatining Ostin shahrida yashovchi 21 yashar Keti Rayt aynan yuqoridagilarga amal qilmagani uchun bu dunyodan ko‘z yumishiga bir baxya qoldi.

Hammasi shunchaki oddiy boshlangan edi. Ertalab uyg‘ongan Keti yuzida kichik husnbuzarni ko‘rdi. Keti barcha kabi uni siqib tashladi-da, makiyaj qilib, kollejga jo‘nab ketdi. Ertasi kuni esa kichik husnbuzar izi yonida, burun ko‘prigida kattaginasi turar edi. Keti undan ham xalos bo‘ldi. Ammo husnbuzar yo‘q bo‘lish o‘rniga yallig‘landi, qizning yuzi shishib, og‘riq va tana harorati paydo bo‘ldi. Ota-ona tez yordam chaqirishga qizini ko‘ndirdi va uning hayotini saqlab qoldi.

Foto: Cosmopolitan
Kasalxonada unga shifokorlar jiddiy stafilokokk infeksiyasi borligini ma’lum qilgan. Teri ostida ko‘paygan bakteriyalar epidermisning chuqur qatlamlariga, so‘ngra ichki organlarga kirib borishi mumkin. Agar vaqtida shifokorlar yordam ko‘rsatmaganida, infeksiya ko‘zga tushib, ko‘rish qobiliyatini pasaytirishi yoki oxiri o‘lim bilan tugaydigan miya kasalligigacha borishi mumkin edi.

Qanday qilib stafilokokk infeksiya yaraga tushgan bo‘lishi mumkin? Shifokorlar Ketining terisiga teggan barcha buyumlarni tekshirib ko‘rdi. Natijada bo‘yanish cho‘tkalarida xavfli bakteriyalar mavjud ekanligi aniqlangan.

Foto: Cosmopolitan
«Uxlashdan oldin makiyajni tozalashni hech unutmaganman, yuz terisini hamisha tozalab, yaxshi parvarish qilar edim. Ammo cho‘tka va sponjlarni yuvishga erinardim, bu esa menga qimmatga tushdi.

Men ushbu voqeani dunyodagi barcha qizlar hoziroq bo‘yanish vositalarini yaxshilab yuvib, so‘ngra foydalansin. Ular mening qayg‘uli tajribamni takrorlamaydi, degan umid bilan yozdim
», – deydi Keti o‘zining Facebook sahifasida.

Foto: Cosmopolitan

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘limga olib keluvchi makiyaj: barchaga saboq bo‘ladigan amerikalik qiz hikoyasi