16:02 / 06.04.2021
2 249

Tishlar salomatligiga zarar yetkazadigan 5 ta ichimlik

Tishlar salomatligiga zarar yetkazadigan 5 ta ichimlik
Foto: Marie Claire
Tishlar salomatligiga faqatgina shokolad va karamellar orqaligina zarar yetkazish mumkin, deganlar qattiq adashadi. Sog‘lom va chiroyli tabassumning asosiy dushmanlari orasida deyarli har kuni ichiladigan ichimliklar ham mavjud.

Tishlarning sog‘lomligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol qilinayotgan taomlar bilan bog‘liq. Shuning uchun ratsiondagi barcha oziq-ovqat hamda ichimliklarga e’tibor berish juda muhimdir.

Qadoqlangan sharbat, choy va gazli ichimliklar
Bolalikdanoq shirinliklar tishga zarar yetkazishi haqida ko‘p gapiriladi. Bu yerda gap shakarda emas, balki og‘iz bo‘shlig‘ida kariogen bakteriyalar haqida. Shakar qanchalar ko‘p iste’mol qilinsa, bakteriyalar uchun shuncha yaxshi va natijada tishda chirish holati paydo bo‘ladi.

Afsuski, shakar deyarli barcha qadoqlangan sharbat, mevali, gazli ichimlik va choylarda mavjud. 0,33 litrlik gazli ichimlikda taxminan 9 osh qoshiq shakar mavjud. Endi kun davomida litrlab ichilgan sharbatlar tufayli tanaga qancha miqdorda shakar tushishini tasavvur qilish mumkin. Eng qizig‘i shundaki, shakarli va gazlangan ichimliklar zararli bo‘lishi bilan birga, chanqoqni ham qondirmaydi.

Parhez ichimliklari
Do‘konlarda «0 kkal» va «shakarsiz» yozuvi aks etgan ichimliklarni ko‘rish mumkin. Lekin tarkibida ta’m beruvchi va spirt bo‘lgan ichimliklar ulardan afzal emas. Shuningdek, tarkibida steviya, eritritol, sorbitol, kislotalar bo‘lsa, demak bu og‘iz bo‘shlig‘i hamda tishlar uchun qayg‘urmaydiganlar uchun mo‘ljallangan. Qo‘shimcha ta’m beruvchi moddalar tishlarga yopishadi va bakteriyalar uchun oziq ovqat hosil qiladi. Bundan tashqari, kislotalar emalni yemirishi mumkin. Natijada tishlar nafaqat estetik tomondan aziyat chekadi, balki issiq va sovuq ovqatlarga nisbatan sezgir bo‘lib qoladi.

Yangi tayyorlangan sharbatlar
Yangi siqilgan sharbatlarni tez-tez qabul qilish emal eroziyasini keltirib chiqarishi mumkin. Chunki ularning tarkibida kislota miqdori yuqori. Agar tishlar ushbu kasallikka duchor bo‘lsa, kariyes tezroq rivojlanadi. Tarkibida shakar va kislota mavjud bo‘lgan ichimliklar tufayli tishlarga ikki barobar zarba berish mumkin. Ushbu ichimliklar birdaniga barcha tishlarga ta’sir qiladi. Tishlarning yorilishi va emal rangining o‘zgarishiga olib keladi. Ushbu holatda vaqtida stomatolog ko‘rigidan o‘tmaslik, keyinchalik tishlardan butunlay ayrilishga olib keladi.

Qahva
Qahvani uzoq muddat va ko‘p miqdorda iste’mol qilish tishlarga jigarrang tus beradi. Shuningdek, qahva ba’zi vitamin va minerallarni, masalan, kalsiy, magniy, natriyning singishiga xalaqit beradi. Bu esa suyaklarning mustahkamligini yo‘qotadi, tishlar mo‘rt bo‘lib, o‘z rangini o‘zgartiradi. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun tanadagi kalsiy zaxirasini to‘ldirish kerak.

Ammo qahvaning ijobiy tomonlari ham mavjud. Unga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘idagi yaralarni davolashda qahva tarkibidagi antioksidantlar yaqindan yordam beradi. Bundan tashqari, ularda tish emalini yo‘qotadigan kislota mavjud emas.

Spirtli ichimliklar
Har qanday spirtli ichimliklar organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Bu esa kam miqdorda so‘lak ajralishi deganidir. Ushbu komponentning yetishmasligi milk va tish kasalligiga olib kelishi mumkin. Spirtli ichimliklar emalni yo‘q qiladi va tish rangiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Shu bilan birga, bir stakan sharobdan keyin tishlarni darhol tozalash tavsiya etilmaydi. Bu bilan emalni shikastlash va sharob rangini tishning chuqur qatlamiga kirib borishiga yo‘l ochish mumkin. Buni kamida bir soatdan keyin amalga oshirish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tishlar salomatligiga zarar yetkazadigan 5 ta ichimlik