00:23 / 08.04.2021
3 196

Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan 15 ta mahsulot

Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan 15 ta mahsulot
Foto: «Domashniy ochag»
Muzlatkich oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda yordam beradigan qurilma sifatida ixtiro qilingan bo‘lsa-da, ayrim mahsulotlarni unda saqlamasa shuncha yaxshi. Shundagina ularni uzoqroq muddat davomida iste’mol qilish mumkin.

Avokado
Oddiy sharoitda yanada yaxshi yetilib pishadi.

Ko‘katlar
Ko‘katlarning bir uchini shunchaki suvli idishga solish yaxshi natija beradi.

Bulg‘or qalampiri
Muzlatkichda qattiqligini yo‘qotadi.

Bodring
Muzlatkichda bodring mahsulotlarining namligi ortib ketadi. Agar ularni muzlatkichga qo‘yish kerak bo‘lsa, quruq idish ichida saqlash mumkin.

Tuzlamalar
Tuzlangan pomidor va bodringlar esa odatda konservalanadi va ularni oddiy javonlarda ham saqlash mumkin.

Piyoz va sarimsoq
Mazkur mahsulotlar namlikni o‘ziga tortib oladi va sifati yomonlashadi. Ularni iloji boricha quruq va qorong‘i joyda saqlash kerak. Lekin maxsus idish yoki kartoshka bilan birga emas.

Kartoshka
Kartoshka mahsuloti ham muzlatkichda saqlanmaydi. Uni quyosh tushmaydigan pana joyda hamda qog‘oz qoplarda qoldirish mumkin.

Bananlar
Bananlar yaxshi pishishi uchun shunchaki xona harorati yetarli.

Rezavor mevalar
Ta’mni yo‘qotmaslik uchun quruq hamda qorong‘i joyda saqlash yaxshiroq.

Sitrus mevalar
Alohida saqlash va sifati yomonlarini darhol ajratish zarur.

Souslar
Achchiq sous, soya yoki ketchuplarni bor oy mobaynida xona haroratida asrash mumkin. Agar bir oy mobaynida ular tugamagan bo‘lsa, muzlatkichga qo‘yiladi.

Araxis moyi
Sovutkichdan tashqarida ham uch oygacha saqlash mumkin.

Asal
Asal muzlatkichdan tashqarida istalgancha tursa ham, sifatiga zarar yetmaydi.

Shokolad va qahva
O‘z mazasini saqlab qolish uchun qorong‘i va iliq joyda saqlash kerak.

Baqlajon
Baqlajon uchun bir necha kunlik xona harorati yaxshi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Muzlatkichda saqlash tavsiya etilmaydigan 15 ta mahsulot