12:11 / 11.04.2021
3 595

Olimlar hayotni 28 yilga uzaytirish yo‘lini ma’lum qilishdi

Olimlar hayotni 28 yilga uzaytirish yo‘lini ma’lum qilishdi
Karolinska instituti (Shvetsiya) tadqiqotchilarining ta’kidlashicha, alkogoldan uzoq bo‘lish hayotni 28 yilga uzaytirishi mumkin. Bu haqda Express nashriga tayanib Mir24 xabar bermoqda.

Ushbu xulosaga kelish uchun bir guruh olimlar spirtli ichimliklarni iste’mol qilganlarning umr ko‘rish davomiyligini kuzatdilar. Kuzatishlar taxminan 20 yil davom etgan. Ushbu guruhda turli xil kasalliklar va kasalliklardan o‘lim darajasi aniqlangan. Alkogol iste’mol qiluvchilarning hayoti o‘rtacha 28 yilga qisqargani kuzatilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, spirtli ichimliklar, hatto kichik dozalarda bo‘lsa ham, saraton, jinsiy zaiflik, bepushtlik va iktidorsizlikning rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, spirtli ichimliklar yurak, jigar va miyaga zarar yetkazadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Olimlar hayotni 28 yilga uzaytirish yo‘lini ma’lum qilishdi