18:36 / 11.04.2021
3 350

Shifokor allergiyani qanday davolashni aytdi

Shifokor allergiyani qanday davolashni aytdi
Foto: pixabay.com
Rossiyalik shifokor-allergolog Vladimir Bolibok allergiyani davolash usullarini sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, tashqi muhitdagi alergenni butunlay yo‘qotishga harakat qilish kerak.

Uning ta’kidlashicha, gullashga bo‘lgan mavsumiy alergiyada vaqtincha iqlimi boshqa joyga ketish kerak.

Bolibokning ta’kidlashicha, qo‘zg‘atuvchilar bilan uzoq vaqt aloqada bo‘lmaganda allergiya yo‘qoladi. Shuningdek, kasallikni allergenga xos immunoterapiya yordamida davolash mumkin, ammo bu usul hamma bemorlarga ham to‘g‘ri kelavermaydi.

«Biz, allergologlar, allergik bemorni uni bezovta qiladigan alergenlarga qarshi immunitet hosil qilish uchun maxsus allergiya vaksinalari bilan emlaymiz», — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda vaksinalar asosan nafas olish yo‘llari allergenlari uchun mavjud, deya xabar beradi RT.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Shifokor allergiyani qanday davolashni aytdi