14:30 / 15.04.2021
6 397

Maryam Tillayeva bloger Amiran bilan to‘yi haqida: Bu kun haqida butun umr orzu qilgandim

Maryam Tillayeva bloger Amiran bilan to‘yi haqida: Bu kun haqida butun umr orzu qilgandim
Foto: Instagram / @mashatilly
13 aprel kuni Las-Vegasdagi mehmonxonada Islom Karimovning nevarasi Maryam Tillayeva va rossiyalik bloger Amiran Sardorovning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Tor doirada o‘tkazilgan to‘yda kelin-kuyovning yaqin do‘stlari ishtirok etgan.

Amiran va Maryam ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida to‘ydan suratlarini e’lon qilib, o‘z taassurotlari bilan bo‘lishmoqda.

«Men kecha uylandim. Barmog‘imizga uzuk taqib, ‘Endi sizlar er-xotinsizlar’ deyishsa, ichimizda nima o‘zgarishi menga doim qiziq bo‘lgan. Aytishim mumkinki— hech narsa o‘zgarmas ekan. Nikohimizni Las-Vegasda Elvis Presli qayd etdi. Hammasi juda tez bo‘lganidan men hech narsani tushuna olmadim. Endi Masha (Maryam) bilan bu amaliyotda qanday ishlashini hamda uzoq va baxtli yashash mumkinligini tushunishga harakat qilamiz», — deb yozdi Amiran.

Foto: Instagram / @mashatilly
Maryam Tillayeva esa bu kunni butun umr orzu qilgani haqida so‘zlab berdi:
«Bu kun shunday oddiy va qo‘qqisdan keladi, deb tasavvur ham qila olmasdim. Amiran, men seni sevaman! Kichkina qizchadek bu kun haqida butun umr orzu qilganman. Va... Elvis Presli, do‘stlar, 13-sana, Yeezy krossovkasi hamda juda ko‘p ko‘z yoshlar...».

Foto: Instagram / @mashatilly
Ma’lumot uchun, biznesmen Timur Tillayev va Lola Karimovaning to‘ng‘ich farzandi Maryam 7 yil avval AQSHga, o‘qish uchun ko‘chib ketgan. U hozirda o‘zining shaxsiy kiyim brendiga asos solish ustida ish olib bormoqda. Rossiyalik YouTube-bloger Amiran ham AQSHda yashaydi. Ular ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga bir necha marta birga tushgan surat va videolarini joylashtirgan bo‘lsa-da, munosabatlari haqida ochiq gapirmagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Maryam Tillayeva bloger Amiran bilan to‘yi haqida: Bu kun haqida butun umr orzu qilgandim