07:00 / 19.04.2021
2 309

Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak?


Foto: Freepik
Nafaqat kun, balki hayotning qay tarzda o‘tishida ham tongni qanday boshlashning ahamiyati katta. Shu sabab ham har bir xatti-harakatni reja asosida amalga oshirish va vaqtni samarali sarflash kerak.

Tayyorgarlikni tundan boshlang
Asabiylashmaslikka harakat qiling, chunki stress gormoni kortizol sizni uxlatmasligi mumkin. Buning o‘rniga tinchlantiradigan mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanib quyidagi qoidalarni yodda tuting:
  • Uyqudan ikki soat avval gadjetlardan foydalanmang.
  • Telefonni parvoz rejimiga o‘tkazib qo‘ying.
  • Ish haqida o‘ylamaslikka harakat qiling. Muhim qarorni asosan kishi tinch holda qabul qilish mumkin.
  • Vaqtingizni yaqinlaringiz bilan o‘tkazing.
  • Uxlash uchun sokin va kerakli muhitni yarating.
Yetti soatdan ko‘proq uxlang
Tiniqib, uyquga to‘yguningizga qadar uxlang. Bu xotira, diqqatni to‘plash yaxshilanishi va yallig‘lanish jarayonlari, bundan tashqari stress va depressiya xavfi kamayishiga olib keladi. Shuningdek, hayot davomiyligi ham ortadi. Tiniqib uxlagan va organizmi haqida qayg‘urgan odamga kofeinning keragi bo‘lmaydi.

Rejalashtirgan vaqtingizda uyg‘oning
Amerikalik yozuvchi Ralf Uoldo Emerson aytganidek, o‘ziga bo‘lgan ishonch muvaffaqiyatning asosiy siri hisoblanadi. Kishining o‘ziga bo‘lgan ishonchi esa o‘ziga bergan va’dasining uddasidan chiqqanda paydo bo‘ladi. Tongda rejalashtirilgan vaqtda turish yoki turmaslik esa kunning salbiy yoki ijobiy o‘tishiga ta’sir qiladi.

Vaziyatni o‘zgartiring
Ko‘chaga yoki hech bo‘lmaganda, boshqa xonaga chiqing. Vaziyatga kichik o‘zgartirish kiritish ham kishini tetiklashtiradi, miya yangilikni yaxshi ko‘rgani sabab ham kishi energiyaga to‘ladi.

Meditatsiya qiling va maqsadlaringizni yozib boring
Tong kelajakdagi niyatlarini o‘ylash uchun eng yaxshi vaqt. Bu vaqtda miya ijod qilishga moyil bo‘ladi. Meditatsiya bilan shug‘ullaning keyin esa maqsadlaringizni ko‘z o‘ngingizga keltiring. Qanday hayot istayotganingizni tasavvur qiling. Unutmang, faraz qilishning chegarasi yo‘q.

Orzularingizni tasavvur qiling
Niyat, maqsadlarni faraz va yozish davomida buni butun vujudingiz bilan amalga oshiring. Orzuga allaqachon erishgandek tasavvur qiling o‘zingizni. Bu sizga kelajak o‘tmishdan farq qilishi uchun boshqacharoq ish tutishga yordam beradi. Maqsadlaringiz va ularga erishish uchun muddat belgilang. Milliarder Garold Xant ta’kidlaganidek, muvaffaqiyatga erishish uchun ikkita narsa: aynan nimani xohlayotganini tushunish hamda uni amalga oshirishning qiymati qancha ekanini belgilab olish kerak.

Sport bilan shug‘ullaning va foydali narsalarni eshiting
Jismoniy faol bo‘ling yoki shunchaki piyoda yuring. Bu vaqtda audiokitob, foydali podkast yoki ilhomlantiradigan musiqa tinglang. Harakat sizni tetiklashtiradi, miya yaxshiroq ishlaydi.

Miya faoliyati uchun foydali bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiling
  • Yong‘oq va donli mahsulotlarda kognitiv qobiliyatlarni yaxshilaydigan E vitamini bisyor bo‘ladi.
  • Avokado qon aylanishini yaxshilaydigan monoto‘yingan yog‘larning koni. Qolaversa, ushbu mahsulot qon bosimini pasaytirib, miya salomat bo‘lishiga hissa qo‘shadi.
  • Lavlagi saratondan himoya qiladigan antioksidantlar va miya qon aylanishini yaxshilaydigan nitratlarni o‘z ichiga oladi.
  • Chernikada antioksidant, C va K vitamini, shuningdek, kletchatkalar mo‘l bo‘ladi. Tarkibida gallat kislotasi ko‘p bo‘lgani sabab ham ushbu mahsulot miyani stresslardan himoya qiladi.
  • Tarkibida kollagen miqdori ko‘p ekani sabab ham suyak qaynatib tayyorlangan sho‘rva yallig‘lanish jarayoniga qarshi yaxshi samara beradi, foydali aminokislotalar esa immunitet va xotirani yaxshilaydi.
  • Kokos yog‘i xotirani mustahkamlab, ichaklardagi zararli bakteriyalarga qarshi kurashadi.
  • Zarchava iste’molidan keyin fikrlash va informatsiyani qayta ishlash yaxshilanadi.
Murakkab yoki muhimroq ish bajaring
Og‘ir ishni kunning birinchi yarmida bajarib olish kunning ikkinchi yarmi osonroq o‘tishiga hissa qo‘shadi. Muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, buning uchun nimadir qiling. Muvaffaqiyatga erishish uchun harakat qilish, ijodkorlik bilan ishga yondashish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Tonggi soat sakkizgacha nimalar qilishga ulgurish kerak?