12:30 / 10.05.2021
3 059

Yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar


Foto: «Domashniy ochag»
Lab va terining qurishi, ko‘chishi
Bu kuchli suvsizlanishning ilk alomati bo‘lib, teri va labning qurishi ter bezlarining noto‘g‘ri ishlashini ko‘rsatadi. Bu esa asosan qandli diabet rivojlanishi yoki qalqonsimon bez faolligining buzilishi natijasi ham bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, o‘ta quruq teri ekzema, psoriaz, dermatit yoki allergik dorilar reaksiyasi belgisini ham ko‘rsatadi.

Yuzdagi ortiqcha tuklar
Yuz, jag‘ chizig‘i, jag‘ va yuqori lab bo‘ylab o‘sishni boshlayotgan tuklar polikistik tuxumdon sindromining alomati bo‘lishi mumkin. Natijada ayol tanasida erkak gormonlari darajasi ortadi.

Qovoqdagi mayda sariq dog‘lar
Ksantelazma deb nomlanadigan ushbu xolesterin o‘choqlari yurak xastaligi xavfini jiddiy ravishda oshiradi. 2016 yilda olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, ksantelazmaga chalingan bemorlarda BMI va xolesterin miqdori yuqori bo‘ladi.

Ko‘z ostidagi shish va xaltachalar
Ko‘z ostidagi qora dog‘ va xaltachalar nafaqat charchoq belgisi, balki surunkali allergiya, gipoterioz va uyquzilikni ko‘rsatadi.

Yuz assimetriyasi
Mutlaqo tekis yuz yuzning o‘zi bo‘lmaydi. Har bir insonning yuzi bir tomoni boshqa tomonidan biroz farq qiladi. Ammo yuz to‘satdan avvalgiga nisbatan assimetrik bo‘lib qolsa, o‘zgarsa, bu yaqinlashib kelayotgan insultning alomati bo‘lishi mumkin. Bunday vaqtda imkon qadar shifokorga murojat qilish zarur.

Yuz rangining o‘zgarishi
Yuz terisining rangi o‘zgarishi – bu shifokorga murojaat qilish uchun muhim sababdir. Chunki bu rivojlanayotgan anemiya, jigardagi muammolar va o‘pka yoki yurak kasalligidan darak berayotgan bo‘lishi mumkin.

Toshma va dog‘lar
Yuzdagi husnbuzar, toshma va qizil dog‘lar ovqat hazm qilish muammolari haqida ogohlantirishi mumkin. Bunga qo‘shimcha ravishda allergiya yoki ekzema ham xavf solish ehtimoli mavjud.

Kiprik va qosh to‘kilishi
Kiprik va qosh to‘kilishi soch follikulalariga ta’sir qiluvchi autoimmun holatdir. Afsuski, ushbu kasallikni faqat simptomatik davolash mumkin.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yuzdagi o‘zgarishlarga qarab aniqlash mumkin bo‘lgan kasalliklar