13:45 / 11.05.2021
2 326

Uyqusizlikka sabab bo‘luvchi 7 ta xavfli kasallik


Foto: «Domashniy ochag»
Deyarli har bir kishi u yoki bu darajada uyqusizlikni boshdan o‘tkazadi. Ammo uyquning buzilishi odatiy holga aylansa, shifokorga murojaat qilish zarur. Shuningdek, quyidagi jiddiy kasalliklar organizmda paydo bo‘lmaganiga ishonch hosil qilish kerak.

Yurak kasalliklari
Amerika Kardiologiya kolleji ma’lumotlariga ko‘ra, yurak xastaligi bilan kasallangan odamlarning 47 foizi turli xil uyqu muammolarini boshdan kechiradi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu holat kun davomida to‘planib, so‘ngra qayta tarqaladigan suyuqliklarning turg‘unligi bilan bog‘liq. Muntazam ravishda uyqusizlik yuz bersa yoki kechasi tez-tez uyg‘onish holatlari paydo bo‘lsa, shifokorga murojaat qilish va yurakni EKG hamda ultratovush tekshiruvidan o‘tkazish kerak.

Qalqonsimon bez kasalliklari
Gipertireoz – qalqonsimon bezning faoliyati kuchayadigan holat. U organizmda metabolik funksiyalarni tezlashtiradi, bu esa bemorni xavotirga solishi tabiiy. Kechasi organizmda ro‘y berayotgan holat to‘liq dam olishni va uxlashni qiyinlashtiradi. Agar bemor o‘zida qalqonsimon bez bilan bog‘liq faoliyat buzilganini sezsa, darhol endokrinolog bilan maslahatlashishi zarur.

Artrit
Artrit bilan og‘rigan bemorlarning 80 foizi uxlashga qiynaladi. Bunga nafaqat og‘riq, balki organizmda kasallik tufayli yallig‘lanish jarayoni sabab bo‘ladi. Agar tuni bo‘yi uxlashning imkoni bo‘lmasa, shuningdek, xayolga har xil be’mani narsalar kelaversa, tinchlantiruvchi dori vositalaridan tashqari artrit bo‘yicha mutaxassisga murojaat qilish kerak.

Allergiya
Allergiyaning qaysi turi bo‘lmasin, unga chalingan odam tungi dam olish tartibsizliklariga duch keladi. Albatta, bu qovoqlar shishi va burun bitishi bilan ham bog‘liq. Natijada allergiya alomatlari to‘liq ulxashga xalaqit beradi. Agar shamollash yoki gripp bilan qichishish, yo‘tal, ko‘zlarning yoshlanishi kuzatilsa, allergiya bo‘yicha mutaxassis ko‘rigidan o‘tish zarur.

Gormonal buzilishlar
Menopauza o‘rtacha 51 yoshda yuz beradi, ammo uyqudagi buzilishlar bir necha yil avval boshlanishi mumkin. Sababi menopauzadan oldingi davrda yaxshi uyquni ta’minlovchi progesteron gormoni doimiy ravishda kamayib boradi. Ammo ushbu davrdan juda uzoqda bo‘lgan bemorlarda ham uyqu buzlishi kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan bog‘lanib, gormonlar tahlil uchun qon topshirish kerak. Ba’zida buzilgan tungi uyqu polikistik tuxumdon sindromi rivojlanishi haqida ogohlantirishi mumkin.

Parkinson kasalligi va Alsgeymer sindromi
Tungi uyquning yaxshi emasligi Parkinson yoki Alsgeymer kabi yoshga bog‘liq kognitiv kasalliklarning dastlabki belgisi bo‘lishi mumkin. Uyquga kech ketish, tunda uyg‘onish, bezovtalik – bularning barchasi nevrologga murojaat qilish va asab tizimining holatini tekshirish uchun sababdir.

Depressiya
Uyqusizlik ruhiy tushkunlikning doimiy hamrohi bo‘lib, ushbu kasallikka chalinganlarning barchasiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, depressiya uyqunigina buzib qolmay, tungi dam olishning yetishmasligi natijasida boshqa kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun agar quvvatsizlik, tushkun kayfiyat va boshqa alomatlar sezilsa, psixologik holatni kuzatish va shifokorga murojaat qilish kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyqusizlikka sabab bo‘luvchi 7 ta xavfli kasallik