22:00 / 13.05.2021
2 939

Benamoz yigit bilan suhbat

Benamoz yigit bilan suhbat

Shayx Ali Tantoviy rohimahulloh bir benamoz yigit bilan bo‘lgan suhbatlashib qoldilar:
Yigit: «To‘g‘ri, namozning farz ekanini inkor qilmayman. Men ham namoz o‘qishni yaxshi ko‘raman. Lekin ba’zi namozxonlarni ko‘rgach, namozdan nafratlanib ketaman... Maktabimizda bir yigit bor. Besh mahal namozini o‘qiydi. Lekin o‘zi yolg‘onchi, takabbur bola, omonatdor emas. U to‘g‘ri yo‘ldan og‘ib ketgan», dedi.

Shunda men: «Shuning uchun namoz o‘qimaysanmi?» desam, u «Ha», dedi. Men: «Unda nima uchun ovqat yeyapsan?» dedim. «Nima uchun yemay?!» dedi u hayron bo‘lib. Men: «Chunki ovqat yeyayotganlar ichida ham o‘g‘ri, xulqi buzuq va takabburlari bor», dedim. «Bor bo‘lsa nima bo‘pti? Axir organizmning yashashi uchun ovqatlanish kerak-ku!» dedi. Men: «Xuddi shunga o‘xshab, ruhning yashashi uchun ham namoz kerak! U yolg‘onchi bo‘lsa, buning namoz o‘qimasligingga nima aloqasi bor?» dedim.

Manba: islom.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Hayot tarzi » Benamoz yigit bilan suhbat