18:32 / 16.05.2021
2 618

Mashinada uzoq yo‘lga otlanayotganlarga asqatadigan foydali tavsiyalar


Foto: Freepik
Uzoq vaqtga safarga chiqishdan avval o‘zingizni ruhan tayyorlash bilan birga, zarur jihozlar olinganiga amin bo‘lish, xususan, yo‘l davomida ham bir qancha jihatlarga e’tiborli bo‘lish kerak.

Avtomobilni safarga tayyorlang
Yo‘lga chiqishdan avval avtomobilingizni texnik jihatdan tayyorlab olishni esdan chiqarmang. Tizimlarini ko‘zdan kechiring, moy va yonilg‘i kerakli miqdorda ekanligiga ishonch hosil qiling.

Hujjat va pul
Hujjat va pullarni o‘zingiz tez topadigan va olish qiyinchilik keltirib chiqarmaydigan joyga qo‘ying. Turli muammolarning oldini olish maqsadida yonilg‘i quyish shoxobchalari yoki boshqa to‘xtash joylarida sumka va hamyonlarni oldingi o‘rindiqlarga qo‘ymang

Bagajda nimalar bo‘lishi kerak?
Bagajda dorilar qutisi, yong‘in o‘chirgich, qo‘shimcha ballon, ballon o‘rnatadigan qurilmalar, transport hodisasidan ogohlantiruvchi uchburchak belgi, antifriz, moy, oynalarni tozalaydigan suyuqlik va suv bo‘lishi kerak.

Ruhiy tayyorgarlik
Avtomobilda safarga chiqishdan avval, ijobiy narsalar haqida o‘ylang. Minglab kilometr yurish davomida tabiat go‘zalliklaridan bahra olishingiz, sevimli musiqangizni soatlab tinglashingiz, shuningdek, anchadan beri o‘ylab ko‘rolmagan ishlaringiz haqida fikr yuritishingiz mumkin.

Dam olishni unutmang
Yo‘l davomida biroz tanaffus qilish va har bir yarim soat davomida dam olish muhim sanaladi. Yo‘qsa o‘zingizni charchatib qo‘yishingiz mumkin.

Tezlikni oshirib yubormang
Belgilangan tezlikdan oshmaslikka harakat qiling. Yangi haydovchi bo‘lsangiz, yo‘lning chap bo‘lagida yurmaslikka harakat qiling, faol bo‘lsangiz aksincha. Sizga yo‘l berib o‘tkazib yuborgan haydovchiga minnatdorlik bildirishni unutmang. Aholi yashaydigan joylarda tezlikni oshirmang, piyodalar o‘tish joyi eng xavfli yerlardan biri ekanini hisobga oling.

Vaqtida yonilg‘i quying
Shahar ichida yonilg‘i quyish shoxobchalari ko‘p uchrashi mumkin, lekin shahar tashqarisida bu imkonsiz bo‘lishi mumkin. Shu sabab ham har qo‘shimchasi bilan yonilg‘i quydirib oling. Har ehtimolga qarshi esa keyingi yonilg‘i quyish shoxobchasi qayerda ekanini xaritadan tekshirib turing.

Ehtiyot bo‘ling
Odamlar yo‘q va YPX posti uzoq bo‘lgan yerda balloni teshilib qolgani yoki yonilg‘i qolmaganini ishora qilib, mashinangizni to‘xtatmoqchi bo‘lganlardan ehtiyot bo‘ling. Mashinada sizdan boshqa odam bo‘lsagina yordam berish uchun to‘xtang.

Qayerda tamaddi qilish kerak?
Yo‘lda to‘xtab ovqatlanish uchun duch kelgan tamaddixonada to‘xtayvermang. Yo‘lga chiqishdan avval uydan aynib qolmaydigan mahsulotlardan yengil buterbrod tayyorlab oling. Yo‘lda salqinroq joyda to‘xtab, tamaddi qilib olsangiz bo‘ladi.

Yo‘lda mashina buzilib qolsa nima qilish kerak?
Xavotirga tushmang, vaziyatga to‘g‘ri baho bering: yo‘l o‘rtasida yurmay qoldimi, mashina to‘xtagan joy shahardan uzoqmi yoki yo‘q, muammo aynan nimada ekanligini bilishga harakat qiling. Avvalo mashinani yo‘l chetiga olib o‘ting. «Avariyka»ni yoqib qo‘ying va belgini yo‘lga qo‘yib qo‘ying. Muammoni mustaqil hal qila olmasangiz, oldingizda ikkita yo‘l bor: yo‘ldagi mashina haydovchilarining biridan yordam so‘rang yoki maxsus xizmatga murojaat qiling. Maxsus xizmat raqamini Google’dan topsa ham bo‘ladi, lekin agar internet yaxshi ishlamasa, yaqin do‘stingiz yoki tanishingizga telefon qilib chaqirib berishini iltimos qiling va har ehtimolga qarshi to‘xtagan joyingiz manzilini aytib qo‘ying. Bu holat kechqurun va havo yomon vaqtda yuz bersa, FVVga qo‘ng‘iroq qiling.

Ishonchingiz komil bo‘lmagan narsani qilmang
Yo‘lda harakatlanish davomida ishonchingiz komil bo‘lmagan narsani amalga oshirmang, qandaydir keskin harakatga shubhangiz bo‘lsa, yaxshisi qilmang. O‘ylab, rejaga asosan qaror qiling.

Qachon to‘xtash kerak?
Har qanday tushunarsiz holatda mashinani to‘xtating. Yo‘lda ta’mirlash ishlari ketayotgan bo‘lsa, yo‘l-transport hodisasi yuz bergan bo‘lsa va shu kabi boshqa holatlarda mashinani boshqa bo‘lakka olib o‘ting. Ayniqsa, bilmagan yo‘lingizda ehtiyotkorlik bilan harakatlaning.

Tirbandlik vaqtida nima qilish kerak?
Mashina tirband joyni aylanib o‘tib ko‘p vaqt yo‘qotishingiz, kamiga adashib qolishingiz mumkin. Siz yo‘lni changitganingiz hisobiga boshqa mashinalar harakatlanishida noqulaylik paydo bo‘lishi mumkinligini ham inobatga oling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mashinada uzoq yo‘lga otlanayotganlarga asqatadigan foydali tavsiyalar