14:17 / 17.05.2021
2 480

Organizmda kaliy yetishmasligidan darak beruvchi 8 simptom


Foto: Yandeks Dzen
Miya faoliyati, mushaklar, asab tizimi uchun muhim hisoblangan kaliyning yetishmasligi salomatlikda turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Surunkali charchoq va holsizlik
Kun davomida surunkali charchoq va lohaslikning kuzatilishi kaliy tanqisligidan darak beradi. Gap shundaki, ushbu mineral mushaklar qisqarishi va miya faoliyati uchun muhim sanaladi. Uning yetishmasligi nafaqat miya, balki butun tananing sustlashishiga olib keladi.

Foto: Yandeks Dzen
Tomir tortishishi
Mushaklar spazmi, ya’ni nazorat qilib bo‘lmaydigan qisqarish aksariyat hollarda, organizmdagi murakkab kimyoviy almashinuvlarda ishtirok etadigan kaliy yetishmasligi sabab kuzatiladi.

Foto: Yandeks Dzen
Hazm jarayonida muammo
Kaliy yetishmasligi, shuningdek, hazm jarayonida ham muammolar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Mushaklardan tashkil topgani sabab mazkur mineral yetishmaganda oshqozonda ham buzilish kuzatilishi, bu muammo ko‘ngil aynishi, ovqat hazm bo‘lmasligi bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Yurak urishining tezlashishi
Aksariyat hollarda yurak stress xavotir, qo‘rquv yoki xursandchilik sabab tez urishi mumkin. Ammo emotsional tinchlik vaqtida ham besabab shu holat kuzatilsa, bunga organizmdagi kaliy tanqisligi sabab bo‘lishi mumkin.

Mushaklarda og‘riq
Qon aylanish jarayonida muhim rol o‘ynagani sabab ham kaliyning yetishmasligi mushaklarga ta’sir ko‘rsatadi, oqibatda og‘riq kuzatilishi mumkin.

Qo‘l-oyoqlarning uvishib qolishi
Asab tizimi funksiyasi uchun muhim bo‘lgan kaliyning tanqisligi qo‘l va oyoqlarning uvishishiga sabab bo‘lishi mumkin. Kaliyning me’yordan kam ekani nervlar bilan bog‘liq signallarni susayishiga olib keladi.

Nafas olishning qiyinlashishi
Qon o‘pkalarga yetarli miqdorda kirmagani sabab ham kaliyning o‘tkir yetishmasligi nafas olishning qiyinlashishiga olib keladi. Kaliy miqdori kamayganda o‘pkalar odatdagi singari kengaya va qisqara olmaydi.

Kayfiyatning keskin o‘zgarishi
Miya faoliyatida muhim rol o‘ynagani sabab ham kaliy yetishmasligi emotsional holatda o‘z aksini topadi. Kayfiyatning to‘satdan, besabab o‘zgarishi sizga ushbu mineral yetishmayotganidan darak berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Organizmda kaliy yetishmasligidan darak beruvchi 8 simptom