22:09 / 18.05.2021
2 359

Diyetolog issiqdan saqlovchi mahsulotlarni sanab o‘tdi


Foto: «Graycell.ru»
Issiq havoda yengil sho‘rvalar, sabzavotlar, sitrus mevalar va nordon taomlar maqbul sanaladi. Rossiyalik diyetolog Yelena Solomatina «Moskva 24» telekanaliga bergan intervyusida issiqdan saqlanishga yordam beradigan mahsulotlarni sanab o‘tdi.
Diyetologning so‘zlariga ko‘ra, issiq havoda tushlik vaqtini kechroqqa surish tavsiya etiladi. Solomatina yengil mahsulotlar yeyishni va oz-ozdan iste’mol qilishni maslahat beradi.

Mutaxassis gaspacho, lavlagi yoki kefirli okroshka kabi yengil sho‘rvalarni tavsiya etadi. Ular ochlik hissini kamaytirishga va tanada yo‘qotilgan suyuqlik o‘rnini to‘ldirishga yordam beradi. Ular tarkibidagi sabzavotlar kaliy, kalsiy, magniy, shuningdek, quyoshning organizmga zararli ta’siridan qochish uchun zarur bo‘lgan antioksidantlarga boy.

Sitrus mevalar, bodring va rezavorlar tanani sovitishga yordam beradi: gilos, qulupnay va chernika. Diyetolog issiqda tupuk ajralishini kuchaytiradigan nordon mahsulotlarni iste’mol qilishni maslahat beradi. Bunday oziq-ovqat tufayli odam unchalik chanqamaydi.

Ushbu mahsulotlar tarkibidagi sharbat — boshqacha suyuqlik. Suv darhol hujayralarga so‘rilmaydi. Bu yuz berishi uchun organizmdan muayyan ish talab etiladi. Bunga ham energiya sarflanadi, issiqda esa bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Tetiklantiruvchi mahsulotlarda bo‘lgan sharbat shaklidagi suv tanadan bu ishni talab qilmaydi.

«Bunday ob-havo sharoitida organizmga og‘ir ovqat kirganda, bu issiqda og‘ir jismoniy mehnatni bajarishga o‘xshaydi. Bu yurak va boshqa a’zolarga yuklama», — deya tushuntirdi u.

Solomatinaning so‘zlariga ko‘ra, issiq havoda noto‘g‘ri ovqatlanish tanadan ko‘proq energiya talab qilishi va sog‘liq yomonlashishiga olib kelishi mumkin.
«Issiqlikda tanadagi qon qalinlashadi. Bu issiqlik urishiga olib kelishi mumkin. Pomidor va rezavorlar kabi ovqatlar qonni suyultiradi», — dedi diyetolog.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Diyetolog issiqdan saqlovchi mahsulotlarni sanab o‘tdi