13:50 / 20.05.2021
3 035

Miyaning tezroq qarishiga sabab bo‘luvchi 6 odat


Foto: Pinterest
Yosh o‘tishi bilan nafaqat tana, balki miyada ham bir qancha o‘zgarishlar yuz beradi. Ba’zi muhim funksiyalar faoliyati sustlashadi, asab tolalari kamayadi, qon ta’minoti yomonlashadi va aksincha, yallig‘lanish jarayonlari kuchayadi. Ko‘p yillar davomida olimlar bu bilan qanday kurashish kerakligini aniqlash harakatida, ammo har kim sog‘lig‘iga o‘zi g‘amxo‘rlik qilishi va miyani vaqtidan avval qarishga majbur qiladigan odatlardan voz kechishi muhimdir.

Eshitish qobiliyatiga g‘amxo‘rlik qilmaslik
Jons Hopkins universiteti mutaxassislari tomonidan 2011 yilda o‘tkazilgan tadqiqotda demensiya xavfi ortishi bilan eshitish qobiliyatini yo‘qotish o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni topdi. Ehtimol, olimlarning fikriga ko‘ra, eshitish qobiliyatining buzilishi ijtimoiy yakkalanishga olib keladi, bu esa o‘z navbatida demensiya rivojlanishini qo‘zg‘atadi. Shu bilan birga, eshitish qobiliyatini muntazam ravishda tekshirib turish va o‘z vaqtida choralar ko‘rish muhimdir. Aks holda demensiya rivojlanish xavfi 5 baravarga ko‘payishi mumkin.

Ko‘p miqdorda spirtli ichimlik ichish
Doimiy alkogol ta’sirida bo‘lgan insonlarda o‘rganish qobiliyati uchun mas’ul bo‘lgan miya mintaqasi – gippokapmda asab hujayralari ishlab chiqarish 40 foizga kamayadi. Spirtli ichimlik qancha ko‘p ichilsa, xotira, shuningdek, yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirish va qayta ishlash qobiliyati ham shunchalik ko‘p zarar ko‘radi. Darhaqiqat, yoshi ulug‘ odamda miya qarishining eng keng tarqalgan sababi – bu juda ko‘p ichishdir.

Yurak sog‘lig‘i haqida qayg‘urmaslik
Yurak va miyaning sog‘lig‘i bevosita bir-biri bilan uzviy bog‘liq: yurak qanchalik kuchli bo‘lsa, u qonni shunchalik faol ravishda harakatga keltiradi va uni miyaga ham yetkazib beradi. Natijada miyaning holati yaxshilanadi. Shuning uchun yurak va qon tomirlarining sog‘lig‘ini muntazam kuzatib borish juda muhim: 2017 yilda AQSHda o‘tkazilgan tadqiqotda isbotlanganidek, qandli diabet, yurak xastaligi va gipertoniya bilan og‘riganlar demensiyani tez rivojlantiradi.

Harakatsiz turmush tarzi
Yaqinda harakatsiz turmush tarzi erta o‘lim xavfini oshiradigan omillar ro‘yxatiga kiritildi. Ko‘proq nofaollikka ustunlik berilishi va sport zalni unutishni boshlash nafaqat sog‘liq, balki miya uchun ham zararli hisoblanadi. Demensiya xavfini 88 foizga kamaytirmoqchi bo‘lganlar jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishni boshlashi kerak.

Yaqinlar bilan muloqot qilmaslik
Do‘stlar va oila bilan doimiy muloqot demensiyaning oldini olishning eng samarali usuli hisoblanadi. Yosh ulg‘aygan sayin ijtimoiy aloqalar ko‘proq zarur bo‘ladi. Boshqa narsalar bilan bir qatorda, yaqinlar bilan doimiy muloqot stressni kamaytiradi. Bu esa keksayganda demensiya rivojlanishiga bevosita bog‘liqdir. Faol ijtimoiy aloqalarni saqlab qolgan yoshi katta odamlarda demensiyadan aziyat chekish ehtimoli 44 foizni tashkil etadi.

Tez-tez tashvishlanish
Stress va xavotirni yengish uchun imkon qadar qanday qilib dam olishni o‘rganish muhimdir. 2014 yilda Amerika Geriatrik psixiatriya jurnalida chop etilgan bir tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tez-tez xavotirga tushadigan odamlarda kognitiv pasayish xavfi 135 foizgacha. Shuning uchun, meditatsiya qilishni o‘rganish va stressni yengish uchun turli xil usullardan foydalanish kerak – shundagina miya o‘z egasidan minnatdor bo‘lishi tabiiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Miyaning tezroq qarishiga sabab bo‘luvchi 6 odat